Xiaomi Redmi Note 5 Pro: ilk marta yaqindan tomosha qilamiz

Xiaomi Redmi Note 5 Pro: ilk marta yaqindan tomosha qilamiz

Xiaomi bugun "Redmi" smartfonlari turkumiga mansub yangi smartfon modellarini taqdim qiladi. "Redmi 5" smartfonlar oilasining yangi modellari "Xiaomi Redmi Note 5" hamda "Redmi Note 5 Pro" deb nom olgan.

Redmi Note 5 Pro modeli 5.99 dyuymli, FHD+ sig‘imli va tomonlar nisbati 18:9 standartda bo‘lgan displey bilan ta’minlanadi. Yana bir o‘ziga xosligi esa, devaysda imkoniyatlari yaxshi bo‘lgan Qualcomm Snapdragon 636 protsessori, 3 va 4 gigabaytli tezkor hamda 32 va 64 gigabaytli doimiy xotira o‘rnatiladi.

Xiaomi Redmi Note 5 Pro modeli kameralari texnologik jihatdan iPhone X flagmanining kamerasiga o‘xshash. Buning uchun 12 va 5 megapikselli bosh kameralar, 20 megapikselli old kamera tanlangan.

Smartfon kuch-quvvati uchun elektr toki sig‘imi 4000 mA soat bo‘lgan akkumulyator o‘rnatilgan. 2 ta sim-kartali devays Android Nougat'ning MIUI 9.2 talqinida faoliyat ko‘rsatadi. Metall korpusli smartfonning orqa panelida barmoq izi skaneri mavjud.

Texnik jihatlar:
Ekran: 5.99 dyuymli, Full HD+ (2160 × 1080 pikselli), 18:9 nisbatli, 2.5D shaklidagi himoya shishasi bilan qoplangan;

Protsessor: 8 yadroli, 1.8 Ggs chastota tezligiga ega Snapdragon 636 hamda Adreno 509 video kartasi;

Xotira: 3/4 GB tezkor va 32/64 GB doimiy. Shuningdek, 6/64 GB talqin ham ishlab chiqarilishi mumkin. Doimiy xotirani microSD yordamida 128 GB gacha kattalashtirish mumkin;

Operatsion tizim: Android 7.1.2 (Nougat), MIUI 9.2;

Kamera: bosh kamera -- 12 MP + 5 MP, 2 tusli LED fotochaqnog‘i. Old kamera -- 20 MP (Sony IMX376 sensori!!!), LED fotochaqnog‘i;

Sensor va modullar: barmoq izi skaneri, infra-qizil nur, 4G VoLTE, Wi-Fi 802.11 ac Bluetooth 4.2, GPS + GLONASS;

O‘lchamlari: 158.6 x 75.4 x 8.05 mm; Vazni: 181 gramm.

Xiaomi Redmi Note 5 modeli esa 5.99 dyuymli Full HD+ ( 2160 × 1080 pikselli) ekran, 2.0 Ggs chastota tezligida ishlaydigan 8 yadroli Snapdragon 625 protsessori, 3/4 GB tezkor va 32/64 GB doimiy xotira bilan ta’minlanadi.

Smartfon Android 7.1.2 operatsion tizimining MIUI 9 proshivkasida ishlaydi.

Kamera borasida bu model "akasi"dan bir oz ortda: 12 MP bosh va 5 MP old kamera moduli. Har ikkala kamera LED fotochaqnoq bilan ta’minlanadi.

Smartfonda barmoq izi skaneri mavjud.

Texnik jihatlari:

Ekran: 5.99 dyuymli Full HD+ (2160 × 1080 pikselli), 18:9 nisbatli standartli, 2.5D shaklidagi himoya shishasi bilan qoplangan;

Protsessor: 2 Ggs chastota tezligiga ega, 8 yadroli Snapdragon 625, Adreno 506 video kartasi;

Xotira: 3/32 yoki 4/64 Gb tezkor xotira. Doimiy xotirani microSD yordamida 128 gigabaytgacha kattalashtirish mumkin;

O‘lchamlari: 158.5 x 75.45 x 8.05 mm; Vazni: 179.5 gramm;

Sensor va modullar: 4G VoLTE, Wi-Fi 802.11 ac (2.4GHz + 5GHz), Bluetooth 4.2, GPS + GLONASS.

Narxi: 218 AQSh dollaridan (4+64 Gb) boshlab, 265 AQSh dollarigacha (6/64 GB).

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!