Xiaomi Redmi Note 5: surati, narxi, taqdimot vaqti

Xiaomi Redmi Note 5: surati, narxi, taqdimot vaqti

Bir muddat avval Xiaomi joriy yilda Redmi Note 5 smartfon modelini taqdim etmasligi to‘g‘risida xabarlar tarqalgan edi. Aniqrog‘i uning o‘rnini bozorda Redmi 5 Plus modeli to‘ldirishi kutilayotgapn edi. So‘nggi ma’lumotlar esa bu ma’lumotni inkor etmoqda. Xiaomi kompaniyasi Snapdragon 632 chipsetida ishlaydigan modelni tayyorlamoqda. Suratda aynan shu modelning tasvirlangani aytilmoqda.

Bu chip hali taqdim qilinmagan va ayni paytda bir qator smartfonlar ega bo‘lgan Snapdragon 636'ning takomillashgan talqini. Ya’ni, imkoniyatiga ko‘ra aksariyat vazifalarni muvaffaqiyat bilan ado etadigan, o‘rta darajali protsessor. Bu chip bilan birga, platformada 4 GB sig‘imli tezkor xotira ham o‘rnatiladi.

Xiaomi Redmi Note 5 modeli 5,99 dyuymli, piksellar sig‘imi FHD+ (18:9) bo‘lgan displey bilan ta’minlanadi.Smartfon qo‘sh sensorli bosh kameraga ega bo‘ladi.

Xiaomi Redmi Note 5 "aqlli telefoni" $250 dollardan boshlab sotiladi. Uning savdoga chiqarilish vaqti hozircha ma’lum bo‘lmasa-da, insayderlar yoz oyidan sotilishini aytishmoqda. Xiaomi hozircha Redmi Note 5 modeli xususida biror aniq ma’lumot taqdim etgani yo‘q.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!