Xiaomi Redmi S2: yanada ko‘prog‘ini kuting

Xiaomi Redmi S2: yanada ko‘prog‘ini kuting

Taniqli brendning muxlislari taqdim qilinishi kutilayotgan Xiaomi Mi7 flagmanini intizorlik bilan kutayotgan bir paytda, Xiaomi "nusxa-mashina"si hamyonbop smartfon modellari sonini tinmay ko‘paytirmoqda. Xiaomi Redmi S2 modeli bilan tanishing! Jahon bozorida yaqin orada paydo bo‘lishi aytilayotgan bu smartfon arzonligi bilan raqiblaridan ajralib turadi.

Hozircha mazkur model rasman taqdim qilinmagan. Biroq ushbu model to‘g‘risidagi ma’lumotlar insayderlar tomonidan e’lon qilingan.

Xiaomi Redmi S2 modeli Hindiston, Xitoy, Osiyoning boshqa mamlakatlarida hamda Yevropada sotuvga chiqariladi. Xiaomi Mi6X kabi, devays 3,5 mm hajmidagi audiojek tuynugiga, an’anaviy microUSB o‘rniga USB Type-C portiga ega bo‘ladi.

O‘qing: Pavel Durov: "Ertaga kech bo‘lishi mumkin!"

Xiaomi Redmi S2 modelining jihatlari:

Platforma: Snapdragon 625;
Xotira: 3 Gb tezkor, 32 Gb doimiy;
Displey: 5,99 dyuymli, IPS matritsali, HD+ (1440x720 pikselli) sig‘imli, har dyuymda 268ppi belgi;
Old kamera: 16 Mp;
Bosh kamera: qo‘sh - 12 Mp + 5 Mp;
Akkumulyator: 3080 mA soat;
Operatsion tizim: Android 8.0 Oreo'ning MIUI 9 talqini;
Barmoq izi skaneri: orqa panelda;

Hozrigacha aniqlangan ma’lumotlarga ko‘ra, smartfon 2 Gb hamda 4 Gb operativ xotiralarda, shuningdek 16 Gb va 64 Gb doimiy xotirali talqinlarda sotuvga chiqariladi. Xiaomi Redmi S2 modelining eng qimmati taxminan $175 dollardan sotuvga chiqariladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!