Xiaomi sig‘imi 10000 mA/st bo‘lgan arzon tashqi batareya tayyorladi

Xiaomi sig‘imi 10000 mA/st bo‘lgan arzon tashqi batareya tayyorladi

Xitoyning Xiaomi kompaniyasi 10000 mA/st sig‘imiga ega Mi Power 2  nomli tashqi akkumulyatorni taqdim etdi. Gadjet bor-yo‘g‘i 12 dollar narxida sotuvga chiqariladi.

Ishlab chiqaruvchining qayd qilishicha, tashqi akkumulyator bir nechta qurilmalarni to‘liq quvvatlashga yetar ekan. Tashqi tarafdan aksessuar kompaniyaning boshqa shu turdagi mahsulotlaridan katta farq qilmaydi. Mi Power 2 korpusi alyuminiydan ishlangan, o‘lchamlari ixcham, ergonomikasi qulay. Unda 4 ta  micro-USB port, 4 ta svetodiod va quvvat tugmasi ko‘zda tutilgan.

5P3Rtfw5QdJR06Fjtoz0X700f8z0HQml 5P3RtjoHuoIO69NHHDTnFqoqz0CgGX4

Eng qizig‘i, gadjet tezkor zaryadlash texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi hamda turli ta’sirlardan (elektr tokining sakrashi, qizish, yuqori kuchlanish sabab kuyib qolish, qisqa tutashuv) 9 pog‘onali maxsus himoya bilan ta’minlangan.