Xiaomi SS9ye smartfoni umuman kutilmagan protsessorga ega bo‘lishi mumkin

Xiaomi SS9ye smartfoni umuman kutilmagan protsessorga ega bo‘lishi mumkin

Bugungi kunga qadar Xiaomi SS seriyasidagi smartfonlarga Qualcomm’ning 700 seriyasidagi platformalar: SS9’da SD730, SS9ye’da esa SD710 protsessorlari o‘rnatilishi kutilayotgandi. Lekin, xitoylik blogerning aytishiga qaraganda ushbu modellardan biriga SD665 protsessori o‘rnatiladi. Bu albatta kutilmagan syurpriz bo‘lishi tayin.

O‘QING: Xiaomi rahbari CC9, CC9 Meitu Edition hamda CC9e smartfonlarining o‘zaro farqlarini aytdi

Xiaomi CC9e может стать первым смартфоном на платформе Snapdragon 665

 «Gap isboti bilan» deganidek, bloger Aida64 ilovasi ishga tushirilgan qurilmaning "jonli" suratini keltirib o‘tgan. Ushbu suratdan ko‘rish mumkinki, ilovada smartfon platformasi Snapdragon 640/665 deb nomlanganligi aks etgan. O‘z-o‘zidan  bu kichik model bo‘lib, katta ehtimol bilan Xiaomi CC9 modeli Snapdragon 730 protsessoriga ega bo‘ladi. Qolaversa, Xiaomi CC9e modeli Snapdragon 665 o‘rnatilgan dunyodagi birinchi smartfon bo‘lishi mumkin. Albatta, bu ma’lumot to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini bir necha soatlardan so‘ng namoyish vaqtida bilib olamiz!

O‘QING: «Jonli video»: Xiaomi CC9 Meitu Edition selfi jangida iPhone X’ni «yer tishlatdi»!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!