Xiaomi yangi avlod Bluetooth-quloqchinini taqdim qildi

Xiaomi yangi avlod Bluetooth-quloqchinini taqdim qildi

Xiaomi assortimenti yana bir ilg‘or aksessuar bilan boyidi. Kompaniya 8 avgust kuni Mi Sports Bluetooth Headset Mini simsiz audio-quloqchinini namoyish qildi. Bu quloqchin sport bilan shug‘ullanishni xush ko‘rganlar uchun ayni muddao.

Qurilma 14,5 gramm vaznga ega. Quloqchin faol jismoniy harakatda bo‘lganda ham quloqqa ixcham joylashishiga xizmat qiladigan dizaynda ishlab chiqarilgan.  Aksessuar IPX4 guvohnomasiga ega va suv ta’siriga bardoshli.

Shu bilan birga, audio-aksessuariga Bluetooth 4.1 moduli o‘rnatilgan bo‘lib, uni bir vaqtning o‘zida bir necha qurilmaga ulash mumkin.

Mi Sports Bluetooth'ning  110 mA soat tok sig‘imiga ega batareyasi to‘liq quvvat bilan 6-7 soat to‘xtovsiz ishlaydi.

Naushnik ertaga -- 10 avgustdan boshlab Xitoyda 169 yuan, ya’ni $22 dollardan sotuvga chiqariladi. Bu 2016 yildan ishlab chiqarilgan Xiaomi Bluetooth-naushniklaridan 10% ga qimmatroq.