Xiaomi yangi avloddagi Wi-Fi signalini kuchaytiradigan moslamani tayyorladi

Xiaomi yangi avloddagi Wi-Fi signalini kuchaytiradigan moslamani tayyorladi

Xitoyning Xiaomi kompaniyasi 15 dekabrda Wi-Fi signalini kuchaytiradigan Wi-Fi Amplifier 2 nomli yangi avloddagi moslamani namoyish etadi, deb yozmoqda Ferra nashri.

Ishlab chiqaruvchining qayd etishicha, yangi versiya o‘tgan yili taqdim etilgan Wi-Fi Amplifier qurilmasiga qaraganda ilg‘or antenna hisobiga signalni ikki baravar kuchaytirib berishi mumkin. Yangi kuchaytirgich, manbaning yozishicha, 7 dollar narxida sotuvga chiqadi.

Kuchaytirgichni istalgan  Wi-Fi ruterga ulash mumkin. Gadjetning maksimal tezligi 300 Mbit/soniyani tashkil etadi, bir vaqtning o‘zida 16 ta qurilmani tarmoqqa ulash imkoniyatini beradi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!