Xiaomi yangi mexanik klaviatura ustida ishlamoqda

Xiaomi yangi mexanik klaviatura ustida ishlamoqda

Xitoyning Xiaomi kompaniyasi tez orada mexanik klavishlarga ega, mustahkam va podsvetkali klaviaturani sotuvga chiqarishi mumkin. MobileDevice nashrining yozishicha, yangi klavitura bevosita xitoylik gigantning saytida taqdim etilishi mumkin.

Yangi klaviaturaning tugmalari bir muncha mustahkam ABS-plastikdan tayyorlanadi, o‘ymalar esa polikarbonatdan ishlanadi. Bu esa tugmalardagi belgilar va ranglar uzoq muddat o‘chib ketmasdan xizmat qilishini ta’minlaydi. Klavisha ostidagi TTC Red mexanizmi 50 millionta bosishga dosh beradi.

News_81498_2

Klaviturada ikki xil rangdagi (oq va sariq) podsvetka ko‘zda tutilgan. STMicroelectronics firmasi tomonidan ishlangan 32-bitli protsessor o‘rnatilgan. Klaviaturada 87 ta belgi mavjud. Bosishga javob berish vaqti 1 milisekundni tashkil qiladi.

Gadjet taxminan $45 narxida sotilishi mumkin.