Xiaomi’ning navbatdagi flagmani – 18:9 ekranli baquvvat Chiron!

  •   DiMaX
  •  1819
  •  07.07.2017 11:46

Xiaomi’ning navbatdagi flagmani – 18:9 ekranli baquvvat Chiron!

Internetdagi tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, Xiaomi kompaniyasi kodli nomi Chiron bo‘lgan flagman smartfoni ustida ishlamoqda. Bu haqda PhoneArena nashri xabar berayotir.

Afsuski, qurilma haqida ma’lum bo‘lgan tafsilotlar hozircha unchalik ko‘p emas. Hozircha bilganimiz shuki, yangi smartfon diagonaliga 6 dyuymlik sensor displeyga ega bo‘ladi. Uning sig‘imi 2160×1080 pikselni tashkil etadi; bu esa uning tomonlari o‘zaro 18:9, yoki soddaroq qilib aytganda – 2:1 nisbatda bo‘lishini anglatadi.


Yodingizdadir, ushbu kompaniya yangi – Xiaomi X turkumida smartfonlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi ham e’lon qilingan edi. Bu turkumning ilk namunasi – X1 smartfonining ikki talqinda taqdim etilishi aniqlangan: bittasi romsiz ekranli, ikkinchisi esa oddiy ekranli qurilmalar bo‘ladi. Balki uning shu birinchi talqini mana shu gadjet bo‘lib chiqar?

Xabarlarga ko‘ra, Xiaomi’ning yangi flagmani – Chiron naq 8 gigabaytlik tezkor xotiraga ega bo‘ladi. U yakkakristalli Snapdragon 835 tizimi asosida ishlashi ham taxmin qilinayotir.

Aftidan, mazkur devaysga Japan Display tomonidan ishlab chiqilayotgan Full Active ekrani o‘rnatiladi. Shu tariqa, Chiron mutlaqo romsiz dizaynga ega bo‘ladi. Eslatib o‘tamiz, yaqindagina Sony ham ayni shu ekranli mutlaqo romsiz flagman taqdim etishi haqida xabar chiqqan edi.

Demak, joriy yilning ikkinchi yarmidan mutlaqo romsiz smartfonlar «jangi» davri boshlanishini taxmin qilishimiz mumkin.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!