Xiaomi Redmi 9T'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Xiaomi Redmi 9T'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Xiaomi kompaniyasi byudjet smartfonlar savdosini yanada kengaytirmoqda. Kompaniyaning eng mashhur va talabgir hisoblangan Redmi subbrendi gadjetlari dunyo miqiyosida arzon narxda sotilishi bilan ko‘pchilik nazariga tushgan. Xiaomi yaqinda Redmi 9T smartfonini taqdim etdi. Hozirgi paytda Redmi seriyasi Xiaomi'ning boshqa subbrendi bo‘lgan Poco bilan raqobatlashyapti, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Xuddi shunday raqobat Redmi 9T va Poco M3 o‘rtasida ham kuzatiladi deyish mumkin.

O‘QING: ENDI RASMAN: jami 47 rusumdagi Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlari uchun global MIUI 12.5 testi ochildi!

Orqa panel dizayni va kameralar joylashuvini inobatga olmasa, ikkala gadjet ham bir-biriga juda o‘xshash. Redmi 9T'da ultrakeng kamera, NFC (hududga qarab) va suv o‘tkazmaydigan qoplami borligi sabab Poco M3'dan biroz qimmatroq bo‘lishi mumkin.

Xiaomi Redmi 9T'ning texnik jihatlari

> Korpus: 162.3×77.3x9.6 mm, 198g, Gorilla Glass 3 old tomon, plastik rom, plastik orqa panel, suv o‘tkazmaydigan qoplam.

> Displey: 6.53 dyuym IPS LCD, 400 nit, 10080x2340 piksel rezolyusiya, 19.5:9 forma faktori, 395 piksel/dyuym zichlik.

> Chip: Qualcomm SM6115 Snapdragon 662 (11 nm), sakkiz yadroli (4x2.0 GHz Kryo 260 Gold & 4x1.8 GHz Kryo 260 Silver), Adreno 610 grafik protsessori.

> Xotira: 4/64GB, 4/128GB, 6/128GB, UFS 2.1 - 64GB, UFS 2.2 - 128GB, microSD sloti.

> OT/Dasturiy ta’minot: Android 10, MIUI 12

> Kamera: 48MP asosiy kamera f/1.8, •8MP ultrakeng f/2.2, •2MP makro f/2.4, •2MP sath kamera f/2.4.

> Selfi kamera: 8MP f/2.1.

> Video yozuv: •Asosiy kamera: 1080p 30kadr/sek., •Old kamera: 1080 30 kadr/sek.

> Akkumulyator: 6,000 mAs, 18 vatt tezkor quvvatlanish imkoniyati, 2.5 vatt quvvat berish imkoniyati.

> Boshqa: barmoq izi skaneri (yon tomonda), FM radio, infraqizil port, 3.5 mm audio jek, NFC (hududga qarab).

Redmi 9T'ning ajralib turadigan jihatlariga to‘xtalsak, qurilmaga stereo karnay, 48MP kamera, 6,000 mAs akkumulyator va suv o‘tkazmaydigan qoplam o‘rnatilgan. Bunday texnik jihatlarni bu narxdagi gadjetlarda uchratish qiyin masala.

Smartfon xotira sig‘imi 4/64GBdan boshlanadi va uni microSD bilan kengaytirish mumkin. Snapdragon 662 chipi unchalik unumdorlikni bermasligi mumkin, biroq gadjetning energiya samaradorligini ta’minlaydi.

Qadoq tarkibi

Devays qutisidan foydalanuvchi qo‘llanmasi, USB-C kabeli, 22.5 vattlik quvvatlash adapter (Redmi 9T 18 vattni qo‘llab-quvvatlaydi), shuningdek, qurilmani himoya qilish uchun silikon g‘ilof o‘rin olgan.

O‘QING: Oppo «damini olsin» – Xiaomi ham mikroskop-kamerali, undan tashqari biryo‘la ikkita 108MP kamerali smartfonlar chiqaryapti! (+«jonli» surat)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.