Xitoy 5G texnologiyani joriy etmoqchi

Xitoy 5G texnologiyani joriy etmoqchi

Xitoy sanoat va axborot texnologiyalari vazirligi tashabbusiga ko‘ra mamlakatda 5G texnologiyani ishlab chiqish ustida ishlar boshlanadi. Mazkur tizim mobil internet tezligini oshiradi, yirik hajmli fayllarni soniyaning bir ulushida yuklab olish imkoni yaratiladi.

5G texnologiyasini sinash ishlari 2016-2018 yillarga mo‘ljallandi. Birinchi navbatda 5Gning hal qiluvchi asosiy texnologiyasi sinab ko‘riladi, undan so‘ng to‘la dasturning ishga layoqati tekshiriladi (verifikatsiya). Barcha bosqich tekshiruvlari muvaffaqiyatli o‘tgach, texnologiya keng ommaga havola etiladi.

Xitoylik mutaxassislar 5G xalqaro standartini ishlab chiqmoqchi. Aytib o‘tish kerakki, hozirgi paytda aynan Xitoy birinchilardan bo‘lib mobil internet standartlarini amalga kiritgan.

Xitoyda 3G texnologiyasi 2001 yilda, 4G esa 2008 yilda joriy etilgan. 2016 yilga kelib 3Gdan foydalanuvchilar soni 408 mln nafarga yetdi, 4G abonentlari esa 356 mlnni tashkil etadi. Bu 4G tarmog‘i butun mamlakat bo‘ylab hali to‘la qoplanmaganidan dalolat beradi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!