Xitoy hukumati Vikipediyani tamoman to‘sdi

Xitoy hukumati Vikipediyani tamoman to‘sdi

8 dekabr kuni Xitoy hukumati Vikipediyani bloklab qo‘ydi. Ilgari internet-ensiklopediyaning faqat Xitoy versiyasi to‘silgan bo‘lsa, endi tamomila yopildi.

Buning sababi Vikipediya HTTPS himoyalangan protokolga o‘tganligi bo‘ldi, bu holda Xitoy tarmoq filtrlari maqolalarni filtrlay olmaydi.

Eng mashhur onlayn-ensiklopediya birinchi bo‘lib 2004 yilning iyunida Tyananmen maydonidagi norozilik namoyishlarida to‘silgan edi. Ko‘p o‘tmasdan to‘siq ochilgan, ammo o‘tgan yillar davomida yana 2 marta to‘silgan. Muayyan maqolalar ochiqligicha qolgan.

Shu yilning iyun oyida Vikipediya HTTPS himoyalangan filtriga o‘tishi haqida e’lon qilgan edi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.