Xitoyning JD kompaniyasi jo‘natmalarni dronlar yordamida yetkazib beradi

Xitoyning JD kompaniyasi jo‘natmalarni dronlar yordamida yetkazib beradi

Bir necha oylar avval tarmoqda AQShning Amazon kompaniyasi mahsulotlarni dronlar orqali yetkazib berishi mumkinligi to‘g‘risida turli xabarlar tarqalgan edi. Xuddi shunday Xitoyning JD kompaniyasi jo‘natmalarni dronlar yordamida yetkazib berishni rejalashtirmoqda. Kompaniya buning uchun uncha katta bo‘lmagan avtonom dron-furgonlardan foydalanmoqchi. Furgonlar taxminan 1 metr uzunlikda, unda 6 ta alohida bo‘lmachalar mavjud bo‘lib, ularga jo‘natmalar joylashtiriladi.

5P3RwJpgIoI3u04iTxjpCmjug5k7EacUykDjxsFsGjvcoS69vBmG7Te8mLI9CiLocrZaKcjJufNvYL1yhg5Bz1Nz27

G‘ildirakli dronlar mustaqil ravishda belgilangan manzilgacha bo‘lgan yo‘nalishni aniqlash va yo‘ldagi to‘siqlarni aylanib o‘tishi mumkin. Qizig‘i, dronlar yo‘lda xavfsiz harakatlanish uchun svetofor chiroqlarini ham taniy oladi. Dron jo‘natmani ko‘zlangan manzilga olib kelgach, jo‘natma egasining telefoniga o‘rnatilgan JD ilovasiga maxsus kod yuboriladi. Jo‘natmani olish uchun kod kiritilishi talab etiladi.

JD kompaniyasi vakillari bunday yangilikni Xitoyda ilk marotaba sinab ko‘rishgan. Keyingi yilda g‘ildirakli dronlardan kompaniya keng tarzda foydalanishga bel bog‘lagan. Bundan tashqari, JD yirikroq hajmdagi yuklarni yetkazib berish uchun ushbu dronning kattaroq versiyasini  yaratish ustida allaqachon ish boshlagan.