Xitoy butun Yer yuzini bepul internet bilan ta’minlash uchun ilk sun’iy yo‘ldoshni uchirdi

  •   DiMaX
  •  2104
  •  26.12.2018 11:46

Xitoy butun Yer yuzini bepul internet bilan ta’minlash uchun ilk sun’iy yo‘ldoshni uchirdi

«Osmon osti saltanati» deya ta’riflanuvchi mamlakat endi osmonning ustini ham zabt etishga jiddiy kirishgan. Xitoyliklar butun dunyoga bepul internet yetkazib berish loyihasini ishlab chiqishgan.

O‘QING: Xitoy 2026 yilgacha yerning barcha aholisini bepul internet bilan ta’minlaydi

Kuni kecha Long March-11 tashuvchi raketasi orbitaga Hongyun-1 sun’iy yo‘ldoshini olib chiqdi. U internetga butun dunyodan kirishni ta’milash uchun uchiriladigan 156 ta past orbitali yo‘ldoshdan birinchisidir. Ushbu ilk sun’iy yo‘ldosh ko‘p jihatdan tajribaviy ahamiyatga ega bo‘lib, Xitoy hali 2016 yildayoq boshlagan loyiha dasturidagi uchar qurilmalarning imkoniyatlarini tekshirishda yordam beradi.

Rejaga ko‘ra, sun’iy yo‘ldoshlar tarmog‘i Yerga yaqin – ming kilometrdan past bo‘lgan orbitada quriladi. Xitoyning davlat korporatsiyasi – CASIC (China Aerospace Science and Industry Corporation) ushbu tarmoqning barcha sun’iy yo‘ldoshlarini 2022 yilgacha uchirishga bel bog‘lagan. Ular dastlab Xitoyni, keyin esa butun dunyoni tezkor va barqaror internet bilan ta’minlaydi.

Bundan tashqari, ushbu mamlakatdagi LinkSure Network kompaniyasi ham internet tarqatuvchi sun’iy yo‘ldoshlar tarmog‘ini yaratmoqchi ekanligini e’lon qilgan. U sayyoramizga yaqin orbitaga 270 ta sun’iy yo‘ldosh uchirib, butun dunyo ahliga bepul internet tarqatmoqchi.

O‘QING: Xitoyning Marsdagi bazasi namoyish etildi (video)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!