Xitoy smartfon bozorida kim "qirol"?

Xitoy smartfon bozorida kim

Taniqli marketing tadqiqotlari kompaniyasi Canalys Xitoy smartfon bozoridagi holatga oid navbatdagi tahlil natijalarini e’lon qildi. Undan 2017 yilning III choragiga oid ma’lumotlar o‘rin olgan.

So‘nggi chorakda Xitoy smartfon bozorida sotilgan smartfonlar miqdori avvalgi yil bilan solishtirganda 5 foizga yoki 119 million dona gadjetga qisqargan. Hozircha bozorda hali ham Huawei yetakchilik qilmoqda. Bozorda sotilgan smartfonlarning 19% qismi uning hissasiga to‘g‘ri keladi.

Biroq, bozorda raqobat jiddiy tus olmoqda. OPPO va Vivo ulushi 18% hamda 17% ga yetgan. Eng qiziqarli jihati, Vivo brendining smartfon savdosi so‘nggi bir yilda 26% ga oshgan. Keyingi, ya’ni 4-o‘rinda Xiaomi turibdi.

Syurpriz kerakmi? Kutilmagan xabar shuki, Apple'ning Xitoydagi "qulashi"ga nihoyat chek qo‘yilgan ko‘rinadi. Apple'ning smartfon bozoridagi ulushi avvalgi yilning shu davriga nisbatan 40% ga oshgan va 8 milliondan 11 million donaga yetgan. Bunda iPhone 8 turkumi flagmanlarining o‘z o‘rni bor. Ekspertlarning fikricha, bu o‘sish vaqtinchalik bo‘lishi mumkin. Biroq, oldinda iPhone X borligini ham unutmaslik lozim.

2017 yilning III choragi holatida Xitoyda eng peshqadam 5 ta smartfon brendi:

1. Huawei
2. OPPO
3. Vivo
4. Xiaomi
5. Apple

2017 yilning 4-choragida raqobat yanada qiziydi. Tahlillarga ko‘ra, Xiaomi bu davrda smartfon savdosida Huawei'ga yaxshigina zarba beradi va uning bozordagi yakka hokimligiga nuqta qo‘yadi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!