Xitoyda bitkoynga qarshi "ov" boshlandi

Xitoyda bitkoynga qarshi

Xitoy mamlakat hududida bitkoyn kriptovalyutasini mayning qilish bilan shug‘ullanishni taqiqlashni reja qilmoqda. Buning asosiy sababi bu yerda "raqamli oltin"ni mayning qilib pul topish istagida bo‘lganlar soni tobora ortib bormoqda. Natijada, elektroenergiyaga bo‘lgan ehtiyoj keskin oshib ketgan. Qolaversa, hukumat mayning oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muqarrar iqtisodiy xavf-xatardan xavotirda.

Hukumat doirasida tashkil etilgan idoralararo ishchi guruhi provinsiya rahbarlariga mahalliy kompaniyalar tomonidan kriptovalyutaning mayning qilinishiga qarshi faol kurashish yuzasidan topshiriq berdi. Bu to‘g‘rida Financial Times ishonchli manbaga hamda bu to‘g‘ridagi maxsus hujjatga tayanib xabar tarqatmoqda.

Bir muddat avval Xitoyda mahalliy bitkoyn birjalari faoliyati yopib tashlangan va kompaniyalarning kriptovalyuta uchun pul tikishi taqiqlangan edi.

Maynerlar yangi bitkoyn ishlab chiqarish uchun murakkab kompyuter operatsiyalarini amalga oshiradilar. Bu jarayonda ko‘proq kuch hisoblash mashinalarining quvvatiga ketadi. Misol uchun, Digiconomist nashriga ko‘ra, shu kecha-kunduzda bitkoyn valyutasini mayning qilinishi, ya’ni ko‘payishi uchun jahonda ishlab chiqarilayotgan yillik 0,17% foiz elektr energiyasi sarf qilinmoqda. Jahonning chorak foiz bitkoynlari aynan Xitoyda ishlab chiqariladi. Bu to‘g‘rida mayning qilish bilan shug‘ullanadigan Lightningasic kompaniyasi bosh direktori ma’lum qilgan.

Aksariyat maynerlar yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tmay, markazdan olis hududlarda mayning qilish fermalarini tashkil qilishgan.

Rasmiy Pekin mamlakatda texnologiyalar sohasining robotlashtirish va "sun’iy aql"ni rivojalntirishga va diqqat qaratgan va mayning bilan shug‘ullanishni muhim texnologiya deb hisoblamaydi. Shu bois, mamlakatdagi maynerlarning tez orada boshqa davlatlarga ko‘chib o‘tishi kutilmoqda. Buning uchun yirik data-markazlar, elektr energiyasi hamda mablag‘ kerak bo‘ladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!