Xitoyda eng ommabop premium-smartfon aniqlandi, ammo bu iPhone X emas...

  •   DiMaX
  •  4513
  •  25.11.2017 16:37

Xitoyda eng ommabop premium-smartfon aniqlandi, ammo bu iPhone X emas...

«Osmon osti saltanati»da hali yaqinda kupertinolik gigantning yubiley ayfoni savdoga chiqarildi. Garchi yetkazib berish miqdorining kamligi sababli sal narxini oshirib – 9000 yuan (taxminan 1364 AQSh dollari) narxida sotilayotgan esa-da, uning xaridorlari ko‘p.

O‘QING: iPhone X 2018 yilda Apple'ning tarixiy nom qozonishiga sababchi bo‘ladi

Ammo bu mamlakatda eng keng ommalashgan premium-smartfon aslo iPhone X emas, balki mahalliy     smartfonsozning mahsulotidir, deb yozadi AKKet. Mutaxassislarning aniqlashlariga ko‘ra, xitoyliklar Huawei Mate 10 Pro modelining Porsche Design modifikatsiyasini katta talab bilan xarid qilayotirlar. Uning oddiy flagmandan ikkita farqi bor – eksklyuziv tashqi ko‘rinishi hamda 256 gigabaytgacha kengaytirilgan ichki xotirasi (oddiy Mate 10 Pro modelida eng katta doimiy xotira hajmi 128 gigabaytga teng).

O‘QING: Xitoyning talab eng yuqori 2 ta smartfon modeli aniqlandi

Xitoy hududida romsiz Huawei Mate 10 Pro Porsche Design sotila boshlaganida, oldindan buyurtma berilgan butun boshli partiyani bir daqiqadayoq sotib olib tugatishgan. Hatto kompaniya ayrim buyurtmalarni bekor qilishga ham majbur bo‘lgan, chunki telefonni yetkazib berishga ulgura olmay qolishgan.

O‘QING: Huawei’ning romsiz Honor V10 flagmani ilk «jonli» suratlarda!

Mate 10 Pro Porsche Design uchun tavsiya etilgan boshlang‘ich narx ham iPhone X bahosiga teng – 9000 yuan (taxminan 1364 AQSh dollari). Biroq Huawei’ning eksklyuziv flagmanini bu narxda xarid qilishning umuman imkoni yo‘q. Xoh ishoning, xoh ishonmang, ammo mahalliy onlayn do‘konlarda uning bahosi 27 000 yuangacha boradi, ya’ni bu – o‘z narxining uch baravari, degani!

O‘QING: «Malika»da sotilayotgan Honor 6A hamda Honor 6C modellarining texnik xususiyatlari

Xitoyliklar ushbu smartfonni o‘z narxidan uch baravar qimmatga bo‘lsa ham talashib-tortishib xarid qilishmoqda, deyiladi xabarda. Bunga sabab – xitoyliklar shunchaki telefonlarning eksklyuziv talqinlarini juda yaxshi ko‘rishadi, Mate 10 Pro Porsche Design esa har jihatdan a’lo, eng nozikta’b xaridorga ham ma’qul keladigan flagmandir. Shunday ekan, kupertinolik gigant «osmon osti saltanati» bozorini yubiley ayfoni bilan egallayman, deb xomtama bo‘lmasa ham bo‘laveradi.

O‘QING: Huawei smartfon va planshetlarini xarid qilganlarga Ucell megabaytlar beryapti

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!