Xitoyda er-xotin endi WeChat messenjeri orqali ajrashishi mumkin

  •   Saroy
  •  767
  •  01.06.2018 17:56

Xitoyda er-xotin endi  WeChat messenjeri orqali ajrashishi mumkin

Xitoyning eng mashhur WeChat messenjirida  (eng faol auditoriya – 1 milliard kishidan ziyod) endi ajrashishlarni ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin, deb xabar beradi  The Business Insider. Hozircha ushbu funksiya faqat Guandun viloyatida ishlaydi.

Ajrashish haqidagi arizani jo‘natish uchun, shaxsiy ma’lumotlar bo‘limidagi maxsus tugmani bosish kerak. Undan keyin, ajralayotgan juftlikning ismi-sharifi, yashash manzili aytilishi kerak bo‘ladi.

O‘QING: Rekord: Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari soni keskin oshdi

Ajrashish haqidagi ariza  ro‘yxatdan o‘tkazib bo‘lingandan so‘ng, jarayon “aybdorlari” xalq so‘diga borib kelishga  to‘g‘ri keladi. Biroq, kelgusida masofadan turib ajrashish imkoniyati ham paydo bo‘lishi mumkin, deyilmoqda xabarda.

2017 yili China Daily gazetasi Guychjou viloyati sudi WeChat orqali junatilgan ajrashish haqidagi arizani tasdiqladi, deb yozgan edi. O‘shanda hujjatlarni jo‘natishdan tortib, to tegishli qaror chiqqunga qadar atigi 20 daqiqa ketgan ekan.

O‘QING: Eng jiddiy himoyalangan messenjerlar nomi ma’lum qilindi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!