Xitoyda iPhone 13 dizaynidagi Honor 60 SE smartfoni chiqarildi!

Xitoyda iPhone 13 dizaynidagi Honor 60 SE smartfoni chiqarildi!

Honor o‘zining yangi 60 SE 5G smartfonini Xitoyda rasman taqdim qildi. Smartfon old tomoni xuddi Honor 60 Pro'nikidek, teshikli old kamera va egilgan displayga ega.

Lekin uning orqa kamerasi dizayni iPhone 13 Pro smartfonini eslatib yuboradi. Shuningdek, smartfon yashil va havorang ranglarda bo‘ladi. 

Kompaniya yangi flagmanning taqdim qilgani bilan uning xususiyatlari haqida to‘liq ma’lumotlar berilmagan, lekin shuni bilish mumkinki, smartfon old kamerasi 64MP, ekran esa 120Hz ya’ni Full HD+ bo‘ladi. Android'ga asoslangan Magic UI 5.0 operatsion tizimida ishlaydigan smartfon quvvatlanish tezligi 66W bo‘lishi ham tasdiqlangan. 

Rasmiy posterdan 8GB RAM va 128GB xotiraga ega Honor 60 SE 2,199 yuan (~$345), 8GB RAM va 256GB xotiraga ega Honor 60 SE esa 2,499 yuan (~$393) ekanligini ko‘rish mumkin. Honor 60 SE 5G uchun oldindan buyurtmalar qabul qilish boshlangan va ular 18-fevraldan boshlab yetkazib beriladi.

O‘QING: Samsung yangi Galaxy S22 smartfonlarini ishlab chiqarishda okeanlarda tashlab ketilgan baliq to‘rlaridan foydalanadi 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!