Xitoyliklarning Oydagi dehqonchiligi kasod bo‘ldi – hammasi muzlab qoldi!

  •   DiMaX
  •  1343
  •  19.01.2019 17:29

Xitoyliklarning Oydagi dehqonchiligi kasod bo‘ldi – hammasi muzlab qoldi!

Shu yilning 3 yanvar kuni insoniyat tarixda birinchi marta Oyning narigi tomoniga o‘z uchar apparatini qo‘ndirgan. Bu – Xitoyning Change-4 fazo kemasi bo‘lib, undagi maxsus konteynerda turli urug‘lar qadalgan Yer tuprog‘i ham bor edi.

O‘QING: Tarixda ilk bor: xitoyliklar Oyda paxta o‘stirishdi!

15 yanvar kuni shular orasidan g‘o‘za unib chiqqani haqida xabar berishgan edi. Lekin endi ma’lum bo‘lishicha, urug‘larning barchasi, shu jumladan unib chiqqan g‘o‘za ham nobud bo‘libdi.

Aniqrog‘i – hali yuqoridagi xushxabar tarqalgan paytdayoq ular «o‘lib» bo‘lgan ekan. Ya’ni, 12 yanvar kuni – Oyning narigi tomoniga tun kirib kelganida, harorat Selsiy shkalasi bo‘yicha -170 darajaga tushib ketgan. Shunda barcha tirik organizmlar muzlab qolib halok bo‘lgan.

Olimlarning ta’kidlashlaricha, konteyner ichidagi haroratni bir maromda saqlash uchun qo‘shimcha akkumulyator qo‘shish mumkin edi. Ammo vazn masalasidagi cheklov sababli baza stansiyasiga unaqa batareya qo‘sha olishmagan.

Shunga qaramasdan, Lunar Micro Ecosystem deb nomlangan ushbu tajriba dasturi muvaffaqiyatli o‘tdi, deyishmoqda olimlar.

O‘QING: Marsda yashash uchun yetarlicha sharoit bor