XPhone: dunyodagi ilk SIM-kartasiz smartfon

  •   Saroy
  •  1361
  •  13.10.2018 11:47

XPhone: dunyodagi ilk SIM-kartasiz smartfon

Kriptovalyutali startap Pundi X blokcheynda yangi smartfonni namoyish qildi. Qurilmaga Xphone deb nom berilgan.  Gadjet qo‘ng‘iroqlarni o‘zining tarmog‘idagi uzellardan qiladi.

XPhone’ga qo‘shimcha sifatida,  Pundi X o‘zining ilk operatsion tizimini ham taqdim etdi. U blokcheyn va  Function X deb ataladigan «mobil qurilmalar uchun aloqa protokoli»ga asoslangan. U orqali  foydalanuvchilar an’anaviy uyali mobil operatorlari xizmatiga bog‘lanmasdan turib, mustaqil ravishda  qo‘ng‘iroq qilishi, xabar jo‘natishi va ma’lumotlarni uzatishi mumkin. Telefon qo‘ng‘iroqlari blokcheyn orqali yetib boradi, mobil raqamiga zaruriyat qoldirmaydi.

O‘QING:Ikkita SIM-kartali iPhone’ni allaqachon reklama qilishyapti, narxlari ham ma’lum!

Pundi X  Function X’ni «blokcheyn asrida ma’lumotlarni uzatish protokoli» deb atamoqda va «innovatsiya blokcheyn texnologiyasidan foydalanishni moliya sohasidan tashqarida sezilarli ravishda kengaytiriadi», deb hisoblamoqda. Shuningdek, kompaniya fayllarni saqlashning nomarkazlashgan tizimini ham namoyish qilgan.

Loyiha mualliflarining fikricha,  XPhone va  Function X kengaytirish muammosi uchun yechim bo‘lishi ham mumkin, qolaversa  blokcheynni real olam bilan bog‘laydi. Function X haqida qo‘shimcha ma’lumot 15 oktyabrda oshkor bo‘ladi.  OS, uzatish protokoli, nomarkazlashtirilgan faylli tizim va  XPhone’ning o‘zini rasman ishga tushirish  2019 yilning birinchi choragida amalga oshiriladi.

O‘QING:Beeline uydan chiqmasdan SIM-kartani almashtirish imkoniyatini taqdim etmoqda

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!