Xushxabar: kuni kecha taqdim etilgan Pixel 2 va Pixel 2 XL uchun hoziroq buyurtma berish mumkin!

  •   DiMaX
  •  3064
  •  06.10.2017 16:10

Xushxabar: kuni kecha taqdim etilgan Pixel 2 va Pixel 2 XL uchun hoziroq buyurtma berish mumkin!

4 oktyabr kuni Google kompaniyasi AQShning Kaliforniya shtatida o‘zining yangi avlod Pixel smartfonlari – Pixel 2 va Pixel 2 XL mobil aloqa vositalarini taqdim qilganligidan xabaringiz bor.

Mazkur ikki smartfon kupertinolik gigantning «yubiley ayfoni» – iPhone X modelining Androiddagi analogi sifatida ko‘rilayotir. Ularning texnik xususiyatlarini mana bu maqolamizdan o‘qib, batafsil bilib olishingiz mumkin.

Xabar berilganidek, taqdim etilgan kundanoq ushbu smartfonlarga Avstraliya, Kanada, Germaniya, Hindiston, Buyuk Britaniya va AQShda oldindan buyurtmalar olinadi. Shu buyurtmalar asosida Google Pixel 2 smartfoni 15 oktyabrdan, Pixel 2 XL esa 15 noyabrdan yetkazib berila boshlaydi. Boshqa mamlakatlardagi xaridorlar uchun esa bunday imkoniyat rasman keyinroq taqdim etiladi.

Lekin saytimiz hamkorlaridan biri o‘zbekistonlik xohlovchilar uchun ham hozirdanoq ushbu eng ilg‘or Android-smartfonlarni oldindan buyurtma berish asosida yetkazib berishni yo‘lga qo‘ygan.

Narxlari masalasiga kelsak. Xabaringiz borki, har ikkala qurilma ham ichki xotirasining hajmiga ko‘ra ikki xil talqinda ishlab chiqariladi. Ularning narxlari ham shunga qarab quyidagicha farqlanadi:

  1. Google Pixel 2, tezkor/ichki xotirasi 4/64 GB, narxi – 6 970 000 so‘m
  2. Google Pixel 2, tezkor/ichki xotirasi 4/128 GB, narxi – 7 790 000 so‘m
  3. Google Pixel 2 XL, tezkor/ichki xotirasi 4/64 GB, narxi – 8 610 000 so‘m
  4. Google Pixel 2 XL, tezkor/ichki xotirasi 4/128 GB, narxi – 9 430 000 so‘m

Buyurtma bilan xarid qilish tartibi quyidagicha: siz shu ikkita model – Pixel 2 va Pixel 2 XL smartfonlaridan o‘zingiz tanlagan biri uchun oldindan buyurtma berasiz va narxining 20 foizini to‘laysiz. Siz tanlagan modeldagi qurilmani yetkazib berish boshlanganidan keyingi ikki haftalik muddatda smartfonni qabul qilib olasiz.

Eng zamonaviy texnologik xususiyatlarga ega Google Pixel 2 yoki Pixel 2 XL smartfonlariga buyurtma berishni istasangiz, u holda +998-97-773-44-12 telefon raqami orqali saytimiz menejeriga murojaat qilishingiz mumkin. Iltimos, murojaat etganingizda, saytda berilgan ma’lumotlarni qaytadan so‘rab ovora qilmang, o‘zingizning va o‘zgalarning vaqtini qadrlang.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!