Xushxabar: Meizu smartfonlari «Malika»da rasmiy kafolat bilan sotila boshladi!

  •   DiMaX
  •  2635
  •  04.04.2018 14:37

Xushxabar: Meizu smartfonlari «Malika»da rasmiy kafolat bilan sotila boshladi!

Xitoy smartfonsozlari orasida o‘zining hamyonbop qurilmalari bilan tanilgan Xiaomi’ni aksariyat yaxshi biladi. Ammo Meizu kompaniyasi o‘z mahsulotlarining sifat va narx mutanosibligiga ko‘ra u bilan bir safda turishidan ko‘pchilik bexabar.

Meizu yoki Xiaomi: kimning smartfoni yaxshiroq?

O‘zbekistonda ham Meizu’ning turli devayslari savdoga chiqarilgan, ammo odatda ular rasmiy kafolatga ega emas. Bu ishlab chiqaruvchining smartfonlarini ko‘pincha qadriga yetganlar xarid qiladi.

Biroq foydalanuvchilarimiz orqali bizga yetib kelgan ma’lumotlarga qaraganda, poytaxtimizdagi «Fleshka» texnomarkazi (xalq tilida – «Malika» savdo markazi) do‘konlaridan birida Meizu brendining turli smartfonlari rasmiy kafolat bilan savdoga chiqarilibdi.

Afsuski, bu do‘konning raqamini, Meizu’ning qaysi modellardagi telefonlari sotilayotganini va kafolat shartlarini hozircha aniqlay olmadik. Biroq bularni o‘rganib chiqib, tez orada bu haqda aniq va batafsil ma’lumot berishni niyat qilib qo‘ydik. Bizni kuzatib boring!

O‘QING: Kuchli smartfon brendlari bilan rasman ishlaydigan do‘kon ochilishi kutilmoqda

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!