XUShXABAR: O‘zbekistonda shaharlararo telefon aloqasi uchun yagona narx joriy etildi

  •   DiMaX
  •  2042
  •  12.10.2018 17:24

XUShXABAR: O‘zbekistonda shaharlararo telefon aloqasi uchun yagona narx joriy etildi

«O‘zbektelekom» aksionerlik kompaniyasi shaharlararo aloqa uchun yagona tariflash tizimi yo‘lga qo‘yilganligini e’lon qiladi. Bu haqda kompaniya o‘z rasmiy sayti orqali xabar bergan.

O‘QING: "O‘zbektelekom": "Telefon aloqa xizmatlari narxlari oshmaydi".

Unga ko‘ra, hozirda «O‘zbektelekom» AK tomonidan barcha mahalliy telefon aloqa abonentlariga shaharlararo qo‘ng‘iroqlar uchun yagona tarif rejasi o‘rnatildi.

Ya’ni, endi butun oylik limit 180 daqiqadan oshganda, masofadan qat’i nazar, O‘zbekiston bo‘ylab har bir to‘liq yoki to‘liq bo‘lmagan 1 daqiqa so‘zlashuv uchun 12 so‘m narx belgilandi.

Shaharlar o‘rtasidagi masofadan qat’i nazar, mahalliy telefon tarmoqlari orqali ko‘proq muloqot qilish mumkin.

O‘QING: BATAFSIL QO‘LLANMA: Yangicha – 9 xonali tizimda telefon raqamining kodini qanday aniqlaymiz?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.