Xushxabar: UMS endi birdaniga uchta yangi tarif rejasini ishga tushirdi!

  •   DiMaX
  •  5800
  •  23.03.2018 18:54

Xushxabar: UMS endi birdaniga uchta yangi tarif rejasini ishga tushirdi!

Bu yilning bahori O‘zbekistondagi uyali aloqa operatorlarining yangiliklariga boy bo‘lmoqda. Jumladan, mart oyining o‘zida oltita yangi tarif rejasini taqdim etgan Universal Mobile Systems (UMS) kompaniyasi yana bir xushxabarni e’lon qildi.

O‘QING: UMS’dan yana xushxabar: navbatdagi yangi tarif juftligi!

Xullasi kalom, mazkur operator bu gal birdaniga naq uchta – «Premial», «Ideal» va «VIP» deb nomlangan yangi tarif rejalarini ishga tushirdi. Agar kunlik vazifalarni bajarishda mobil telefoningiz yaqin ko‘makchingiz bo‘lsa, ko‘p qo‘ng‘iroq qilsangiz va Internetdan faol foydalansangiz, ushbu tarif rejalari aynan siz uchun, deyiladi UMS kompaniyasining Facebook-sahifasidagi e’lonida.

Xabarga ko‘ra, «Premial» tarif rejasida abonentga oyiga 1000 daqiqa, 3000 MB trafik va 1000 SMS-xabar beriladi. Ushbu 1000 daqiqa tugaganidan keyin ham tarmoq ichida suhbatlar mutlaqo bepul bo‘lib qoladi! Bularning barchasi 63 000 so‘mlik oylik abonent to‘lovi evaziga taqdim etiladi.

O‘QING: Mobil operatorlarimizning ijtimoiy tarmoqlardagi ko‘rsatkichlari qanaqa?

«Ideal» tarif rejasi esa 2000 daqiqa, 4000 megabayt va 2000 SMS’ni o‘z ichiga olgan. Ushbu tarifda tarmoq ichidagi qo‘ng‘iroqlar bepul bo‘lib, ular 2000 daqiqalik limitdan sarflanmaydi! Ushbu tarif rejasida oylik abonent to‘lovi 105 000 so‘mga teng.

«VIP» tarif rejasi – bu O‘zbekiston bo‘yicha cheksiz qo‘ng‘iroqlar, 5000 MB va 500 SMS-xabar demakdir. Shunga yarasha uning oylik abonent to‘lovi ham 147 000 so‘mni tashkil etadi. Yangi abonentlar ushbu tarifga ulanayotganda Steel yoki Bronze toifasidagi chiroyli raqamni bepul ulashlari mumkin!

Tariflarning shartlari va ularga tegishli boshqa ma’lumotlar bilan Universal Mobile Systems kompaniyasining rasmiy saytida batafsil tanishish mumkin.

O‘QING: Mobil operatorlar bizdan nimani yashirmoqda?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.