XXI asr suiqasdi: «dron-qotil» davri boshlandimi?

  •   Saroy
  •  1712
  •  07.08.2018 13:16

XXI asr suiqasdi: «dron-qotil» davri boshlandimi?

Shu kunlarda barcha tarmoqlarni Venesuela prezidenti Nikolas Maduroga nisbatan uyushtirilgan suiqasd haqida xabarlar egallagan. Hujum portlovchi moddalar yuklangan ikkita dron orqali uyushtirildi. Dronlarning biri prezident turgan minbar oldida portladi, boshqasi esa ko‘zlangan manzilga yetib kelolmay binolarning biriga urilib qulab tushgan va bir necha kishi jarohat olgan. Ta’kidlash joizki, ayrim ommaviy axborot vositalari bu voqeani  uyushtirilgan (inssenirovka),  deb ham yozishmoqda.

O‘QING:Dronlarni to‘xtatib qolgan bojxonachilar hayratga tushishdi

Xabarda aytilishicha, hujum uchun ikkita  DJI M600 modelli drondan foydalanilgan. Ularning har biri bir kilogrammli C4 bilan yuklangan. Zamonaviy dronlar bir necha kilogramm portlovchi moddani elta oladi va 640 kilometrgacha 160 km/s tezlik bilan parvoz qila oladi.

Eng muhimi, ularni hujum onlarida boshqarish shart emas, shunchaki qurilma parvozi dasturlanadi va vaqti bilan joyi aniq belgilansa kifoya qiladi.

O‘QING:Uchuvchisiz uchar qurilma parvoz rekordini o‘rnatdi

Gadjetni arzon deb bo‘lmaydi.

Bundan to‘qqiz kun avval esa dunyoning boshqa chekkasida terrorchilar dron orqali Birlashgan Arab Amirligi poytaxti Abu-Dabi aeroportiga hujum qilishga urinishgan. Bitta kuchli dron bitta yo‘lovchi samolyotni (ayniqsa havoga ko‘tarilayotgan yoki yerga qo‘nayotgan paytda) portlatib yuborishga yetadigan bomba elta oladi.

Garchi, hozircha dron-qotillar hujumidan hech kim jiddiy jabr ko‘rmagan bo‘lsa-da, bu voqealar terrorchilik texnologiyasining yangi davri boshlanganidan dalolat beradi. Ko‘rinib turibdiki, mudofaaning an’anaviy usuli bilan bunday baloga qarshi turish samara bermaydi.

Mutaxassislarning fikricha, dronlar orqali hujum qilish holatlari kelgusida yana ko‘payishi mumkin.