Yana 30 dollarga arzonlashgan smartfon

  •   Saroy
  •  1249
  •  19.06.2018 11:28

Yana 30 dollarga arzonlashgan smartfon

Oukitel o‘zining uzoq kutilgan  Oukitel K7 smartfonini nihoyat satuvga chiqarmoqchi.  Iyun oyining oxirgi o‘n kunligida  gadjetni xarid qilish mumkin bo‘ladi. Qurilmaning narxi naq 159.99, dollar deyishmoqda kompaniyadagilar, bu esa o‘zinig standart narxidan 30 dollarga arzon deganidir.

Oukitel K7 — akkumulyator  sig‘imi 10 000 mAch bo‘lgan eng arzon apparatlardan biri sanaladi. Smartfon ustida ishlash jarayonida kompaniya apparatning sifatini va  dasturiy ta’minotini nazorat qilish uchun butun boshli muhandislar jamoasini tashkil etdi. Shuningdek Oukitel qurilmaning ishlash samaradorligi foydalanuvchining barcha talablariga javob berishi, asosiy kamerada sifatli surat olishi  haqida chin ma’noda qayg‘urgan ko‘rinadi, chunki suratga qaraganda qurilma juda bejirim,  qulay va mustahkam.  Ayni paytda, kompaniya xodimlari apparatni har tomonlama testdan o‘tkazmoqdalar, qolaversa brendni Facebook’ning rasmiy sahifalarida muntazam ravishda namoyish qilib borishni mo‘ljallagan.

O‘QING: Smartfonlar bizni qanchalik o‘zgartirdi?

Oukitel K7 tavsifi:

  • 6-dyuymli Full HD-displey, tomonlar nisbati 18:9 (2160x1080 tochek);
  • 8-yadroli protsessor MediaTek MT6750T, chastotasi5 GGs;
  • videotezlatkich ARM Mali-T860 MP2, 520 MGs;
  • 4 GB tezkor xotira va 64 GB ichki xotira;
  • Ikkita asosiy kamera: 13 MP (SONY IMX214) plyus 2 MP;
  • Old kamerasi 5 MP;
  • akkumulyator sig‘imi 10 000 mAch tezkor zaryadkasi 9V/2A;
  • ikkita SIM-kartasi va microSD kartasiga ega;
  • barmoq izi skaneri;
  • 4G LTE bilan qo‘llab-quvvatlangan;
  • Android 8.1 Oreo.

Oukitel K7 zaryadkasiz ham bir necha kun ishlay oladi. Yana bir quvontiradigan tomoni apparatga qo‘shib  bepul silikon g‘ilof ham beriladi.

O‘QING: Samsung sir tutib kelayotgan ikki ekranli buklama smartfonning suratlari paydo bo‘ldi