Yana bitta arzon Nokia smartfoni tayyor: juft kamera, Android 9 va NFC chipli!

  •   DiMaX
  •  1443
  •  27.12.2018 11:54

Yana bitta arzon Nokia smartfoni tayyor: juft kamera, Android 9 va NFC chipli!

HMD Global kompaniyasi afsonaviy brendni «tiriltirib», bir necha modellardagi smartfonlari va tugmachali telefonlari bilan iste’molchilar ishonchini qozonib ulgurdi. U besh modulli bosh kameraga ega Nokia 9 PureView flagmanidan tashqari yana bitta kuchli model tayyorlagani kuni kecha ma’lum bo‘ldi.

O‘QING: Nokia’ning noma’lum flagmani «jonli» suratlarda: romsiz ekran va uch modulli kamera!

Bulardan tashqari, kuni kecha Nokia brendining yana bitta noma’lum smartfoni AQShning Aloqa federal komissiyasi (FCC) tomonidan sertifikatlandi. FCC ma’lumotlar bazasida ushbu qurilma TA-1124 model raqami ostida ro‘yxatdan o‘tgan.

Xususiyatlariga qaraganda, bu – qulay narxdagi oddiy smartfon, ammo katta – 5,99 dyuymlik displeyga ega. Uning selfi-kamerasi 8 megapikselli datchikka, asosiy kamerasi esa qo‘shaloq – 13+5 megapiksellik sensorlardan iborat.

Noma’lum Nokia smartfoni sakkiz yadroli Qualcomm Snapdragon 439 protsessori bazasida, 2 gigabaytlik tezkor xotira bilan ishlaydi. Uning doimiy xotirasi 32 gigabaytlik, yana microSD turidagi xotira kartasi qo‘yish mumkin.

Akkumulyatori 3400 mA/soatlik bo‘lgan yangi gadjet Bluetooth 5.0 hamda NFC modullariga ega – bunaqasi arzon smartfonlarda kam uchraydi. Android 9.0 Pie operatsion tizimi boshqaruvi ostida ishlaydigan ushbu Nokia telefoni CES 2019 ko‘rgazmasida rasman taqdim etilishi mumkin.

O‘QING: Diqqat, Terashop.uz’ga Nokia X6 2018’ning yangi partiyasi keldi, shu va boshqa Nokia telefonlari narxlari bilan tanishing! (2018 yil 5 dekabr)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!