Yana internet to‘g‘risida

Yana internet to‘g‘risida

Keling yangiliklardan bir zumga tanaffus qilib, bizni monitor qarshisiga mixlashga majbur qilgan XX asrning eng ajoyib ixtirolaridan bo‘lmish internet to‘g‘risida bilganlarimizni o‘rtoqlashamiz.

1995 yilda mashhur amerika jurnalisti Lui Djoraldo “Newsweek” jurnalida “Internet – reklamalar uyumidan boshqa narsa emas” degan.

XXI asrning boshida eskimoslar global tarmoq bilan tanishdi va “internet” atamasini o‘z tiliga o‘girishga ehtiyoj tug‘ildi. Ekspertlar “ikiaqqivik’ “, ya’ni, “qatlamlararo sayr” degan variantni taklif qildi. Ilgari shomon (tub aholi ruhoniysi) biror masalaga yechim izlash maqsadida “zamon va makon aro sayr” qilganini ifodalashda bu so‘z qo‘llangan.

Rossiyada 30 sentyabrda Internet kuni nishonlanadi.

2013 yilning iyun oyida Kubada keng omma uchun birinchi marta internet-kafe ochilgan.

“VKontakte” ijtimoiy tarmog‘ining barcha sahifalarini ko‘rib chiqish uchun bir odamga 1000 yil kerak.

Har kuni jo‘natiladigan xatlarning 80 foizi spamdir.

Internetda eng birinchi qayddan o‘tgan domen sumbolіss.som

Har daqiqada internetda 75dan ortiq domen ro‘yxatga olinadi

New-Yorkdagi internet-kafeda 600dan ortiq kompyuter bor. 2000 yilda ochilgan bo‘lib,  dunyodagi eng katta internet-kafe nomiga da’vogar.

Har kuni internetga bir yarim milliarddan ortiq foydalanuvchi tashrif buyuradi

Har daqiqada YouTube videoxostingiga 20 soatda ortiq videorolik yuklanadi. YouTubega eng birinchi yuklangan videorolik nomi “Men zooparkdaman”

1994 yilda internetdagi eng birinchi reklama paydo bo‘lgan. Bu hamma saytlarda uchratadiganimiz – oddiy banner edi.

Har oyda biz yoqtirgan Facebook sahifalariga foydalanuvchilar 3,5 mlrd rasm joylaydi.

Google kompaniyasining serverlari har oyda 40 mlrddan ortiq qidiruv so‘rovlariga javob berishga qudrati yetadi.

XVIII  asrda yashagan o‘rtacha odam umri davomida to‘plagan barcha axborot bugungi kundagi yangiliklar saytining bir haftalik lentasiga jo bo‘ladi.

Har yili internetda joylashgan axborot hajmi ikki barobarga ortyapti.

Internet foydalanuvchilarining deyarli yarmi monitor va televizorni birgalikda kuzatishadi.

Internet foydalanuvchilarining to‘rtdan uch qismi erkaklardir.

Internetdagi barcha ma’lumotlarni 200 mln (Blu-Ray) diskka joylasa bo‘ladi (2012 yil ma’lumoti).

45 yoshdan kichik bo‘lganlar internetning asosiy auditoriyasini tashkil etadi. Bu yoshdan hatlaganlar esa, ko‘pincha, internetdan ish va o‘yin maqsadida foydalanishadi.

Agar inson bir sutkada 18 soatdan ortiq vaqtini internetda o‘tkazsa, u “internet qaramligi”ga chalingan bo‘ladi. Bundan xalos bo‘lish uchun kuniga 2-4 soat toza havoda sayr qilish zarur.

Ekspertlar bildirishicha, koreyslar va yaponlar jahondagi eng tezkor internetdan foydalanishadi. Kunchiqarliklarda optik tolali kabellar keng tarqalgan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!