Yana robotlar: ular endi maktablarda muallimlik ham qilishmoqda

  •   Saroy
  •  538
  •  07.09.2018 10:35

Yana robotlar: ular endi maktablarda muallimlik ham qilishmoqda

Xitoyda bog‘chalarda va boshlang‘ich ta’lim maktablarida o‘qituvchilik qilishni Keeko robotiga ishonib topshirishdi.

Robot-pedagog o‘zining tashqi ko‘rinishi bilan  «WALL-E» multfilmdagi Yevaga o‘xshab ketadi.  Keeko’ning bo‘yi atigi 60 sm, oyoq o‘rniga u g‘ildiraklardan foydalanadi. Yuzi unchalik katta bo‘lmagan ekrandan iborat. Ekranda ko‘z va og‘zining tasviri ko‘rinib turadi. Keeko bolalarga vazifa tayinlab, savollar ham bera oladi. Agar o‘quvchilar vazifalarni yaxshi uddalay olsa  robot quvnab ketadi, yuzida tabassum aks etadi, kulsa og‘zi qulog‘iga yetadi, ko‘zlari esa yurakchaga aylanadi.

O‘QING:Bunaqasi bo‘lmagan: robot-yelkanli qayiq Atlantikani suzib o‘tdi

Keeko arzon matoh emas, albatta. U 10 ming yuan turadi. Noodatiy qurilmadan bolalarga mantiq asoslarini o‘rgatish, multfilmlar ko‘rsatish va tarixdan hikoyalar aytib berish uchun foydalanishmoqda. Pedagoglarning so‘zlariga qaraganda, bolalar elektron muallimga juda tez o‘rganib qolishdi va unga quloq solishmoqda.

O‘qituvchilik jarayoniga robotlarni joriy qilish muvaffaqiyatli kechayotgan bo‘lsa-da, mutaxassislar baribir bolalar tirik odam bilan muloqot qilishi zarur deyishmoqda. Albatta, robotlar anchayin barqaror, ishonchli va oson mashg‘ulot o‘tkazadi, ammo ular tirik hissiyotlarni hozircha ta’minlay  olmaydi. Kelgusida ham bunday sifatlar unda bo‘ladimi yo‘qmi, bunisi ham mavhum qolmoqda.

 O‘QING:O‘rgimchak-robotlar: ularni siz payqamaysiz ham