Yana uchta Galaxy smartfoni barqaror One UI 4.0 grafik qobig‘iga o‘tadi

Yana uchta Galaxy smartfoni barqaror One UI 4.0 grafik qobig‘iga o‘tadi

Samsung kompaniyasi Galaxy S20 seriyasidagi smartfonlarga One UI 4'ning beta versiyasini jo‘natib kelayotgan edi.

Endi smartfonlar hech qanday beta versiyani qabul qilmaydi. Chunki S20 seriyasi barqaror One UI 4 grafik qobig‘iga tez kunlarda o‘tishni boshlaydi. 

Kompaniya S20 qurilmalariga boshqa One UI 4 beta versiyasi jo‘natilmasligini, uning o‘rniga barqaror versiya jo‘natilishini aytib o‘tdi. Hozircha barqaror tizim smartfonlarga qachon jo‘natilishi noma’lum. 

Agar avvalgi ma’lumotlarga ishonadigan bo‘lsak, S20 seriyasidagi smartfonlar Android 12 operatsion tizimiga asoslangan barqaror One UI 4.0 garfik qobig‘ini yanvar oyidan qabul qilishni boshlaydi. 

O‘QING: Galaxy S22 smartfonining korpusida o‘zgarish bo‘ladi 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!