«Yandeks»da ishlashni xohlovchilar uchun onlayn tanlov!

  •   DiMaX
  •  1301
  •  12.09.2017 14:10

«Yandeks»da ishlashni xohlovchilar uchun onlayn tanlov!

Rossiyada texnologiyalar sohasidagi yetakchilardan bo‘lgan «Yandeks» kompaniyasi dasturchilar uchun «Yandeks.Blits» tanlovini tashkil etdi. Unda istagan kishi qatnashishi mumkin – bellashuvlar internet orqali amalga oshiriladi, deb yozadi Layfxaker nashri.

Tanlov ikki raundda bo‘lib o‘tadi: ulardan har biri oltita masalani o‘z ichiga oladi. Ularni yechish uchun ishtirokchilarga to‘rt soat vaqt beriladi.

«Yandeks.Blits»ning ilk raundi 18 sentyabrdan to 24 sentyabrgacha bo‘lib o‘tadi. Unda har bir qatnashchi o‘ziga qulay vaqtda qatnashishi mumkin. To‘rtta masalani yecha olgan talabgorlar ikkinchi raundga o‘tkaziladi. Ikkinchi bosqich esa 30 sentyabr kuni, Moskva vaqti bilan soat 12:00 da boshlanadi.

Bellashuv qatnashchilari masalalarni yechish algoritmlarini o‘ylab topishlari va ularni kodga aylantirib yozishlari talab etiladi. Javoblar «Yandeks» kompaniyasi qo‘llaydigan C++, Java, Python va C# tillarida qabul qilinadi.


Mazkur tanlovda birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egallagan ishtirokchilar tegishlicha 100, 75 va 50 ming rubl miqdorida pul mukofotlari bilan rag‘batlantiriladi. Shuningdek, eng yaxshi 20 nafar qatnashchilarga sertifikatlar beriladi. Umuman olganda, agarda siz barcha masalalarni ham yecha olmasangiz, ammo yaxshi natijalar ko‘rsatsangiz ham, baribir bellashuvni kuzatib boruvchi ishlab chiquvchilar va rekruterlar siz bilan bog‘lanib, hamkorlik taklif etishlari mumkin.

Birinchi raund natijalari 26 sentyabrda e’lon qilinadi, finalistlar nomi esa 4 oktyabrda ma’lum bo‘ladi.

Xullas, agar dasturlashdan xabaringiz bo‘lsa, o‘zingizga ishonsangiz va «Yandeks» yoki shu kabi biror yirik kompaniyada ishlash niyatingiz bo‘lsa, mana bu havola orqali o‘tib, «Yandeks.Blits»da ishtirok etish uchun ariza berishingiz mumkin.


Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.