«Yandeks» dasturchilar, dizaynerlar va menejerlar uchun videokurslar e’lon qildi

  •   DiMaX
  •  1479
  •  14.10.2017 15:52

«Yandeks» dasturchilar, dizaynerlar va menejerlar uchun videokurslar e’lon qildi

«Yandeks» kompaniyasi shu yilning iyulidan sentyabr oyigacha bo‘lib o‘tgan «Mobilizatsiya» yozgi maktabi leksiyalaridan yozib olingan videokurslarni YouTube kanaliga joylay boshladi. Bu kurslar dasturchilar, dizaynerlar va menejerlarga mo‘ljallangandir.

Ular tegishli tarzda «Mobil dasturchilik maktabi», «Mobil dizayn maktabi», «Interfeys ishlab chiqish maktabi», «Menejment maktabi» deb nomlanadi.

Dizaynerlar uchun «Yandeks» beshta ma’ruzadan iborat kursni taqdim etdi, ular 2015 va 2016 yillardagi «Dizayn maktabi» kurslariga qo‘shimcha bo‘ladi. Videoyozuvlar har payshanba kuni YouTube kanaliga joylab borilmoqda.

Shuningdek, kompaniya Android-dasturchilarga mo‘ljallangan kursni yana uchta ma’ruza bilan to‘ldirishga qaror qildi. Ularni 2016 yilgi kursning pleylistida ko‘rish mumkin.

Eng ko‘p ma’ruzalar «Menejment maktabi» kursi doirasida taqdim etilgan. Ular quyidagi bo‘limlarga taqsimlangan: «Moliya va tahlil», «Dizayn va ijodiy jamoani boshqarish», «Ishlab chiqish» hamda «Marketing va PR». Mazkur kursdagi ma’ruzalarning umumiy soni 25 tani tashkil etadi, ular har seshanba kuni chiqadi. Dastlabki ikkita ma’ruza allaqachon e’lon qilingan.

2017 yilgi «Mobilizatsiya» yozgi maktabi doirasida ariza topshirgan 1100 nafar talabgordan 99 nafari ishtirokchiga aylanishgan. Ular orasidan 71 nafari ta’limni muvaffaqiyatli yakunlashgan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!