Yandeks haqida qiziqarli faktlar

Yandeks haqida qiziqarli faktlar

Bugun Rossiyada eng mashhur hisoblanuvchi qidiruv tizimiga e’tibor qaratamiz. Google hali ham qidiruv tizimi sohasida dunyo miqyosida yetakchilik qilayotgan bo‘lsada, Yandeks Rossiyada eng keng tarqalgan qidiruv tizimi bo‘lib qolmoqda. Bu tizim haqida nimalarni bilamiz?

• Yandeks tashkil etilgan sana 23-sentyabr hisoblanadi. 1997-yili aynan shu kunda sistema birinchi marta Moskvadagi ko‘rgazmada namoyish etilgan.

• Yandeks Rossiya kompaniyasi bo‘lishiga qaramasdan, Niderlandiyada ro‘yxatdan o‘tgan.

• Bugungi kunda, Yandeks qidiruv tizimlari reytingida 4-o‘rinni egallaydi.

• “Yandex“ so‘zi Yandeksning rasmiy yaratilgan kunidan oldin paydo bo‘lgan. Nom 1993-yilda Arkadiy Voloj va Ilya Segalovich tomonidan ixtiro qilingan, u dastlab kompaniya yoki qidirish tizimini emas, balki shaxsiy serverdagi qidiruv texnologiyalarini anglatgan. Keyinchalik, quyidagi rasshifrovka Internetda mashhur bo‘ldi: "Yet Another iNDEXer", ya’ni boshqa indeksator. Ammo, ba’zi odamlar bu so‘z o‘ylab topilgan va rasshifrovkasiz deb o‘ylashadi. Boshqalar esa bu "Language Indexor" va boshqa ko‘p sonli versiyalarni anglatadi deb o‘ylashadi.

• Birinchi Yandeks dizayni burchak ostida yaratilgan va egri ko‘rinishga ega edi. Uni hatto bemalol skaner qilish qiyin edi.

• 2000-yilda Yandeks televizion reklamani yo‘lga qo‘ygan birinchi Rossiya internet-biznesi bo‘ldi. Reklama uchun “Hamma narsa topiladi!“ iborasi tanlangan. Bu ibora keyinchalik kompaniyaning shioriga aylangan.• Rossiya Federatsiyasining o‘sha davrdagi Prezidenti Dmitriy Medvedevning 2009 yildagi farmoniga binoan, Sberbank Yandeks'ning “Oltin aksiyasi“ni sotib oldi. Bu harakat chet elliklar aksiyani ruslardan oldin sotib olmasliklari uchun amalga oshirilgan.

• Yandeks har doim ham mustaqil kompaniya bo‘lmagan. U 2000-yilgacha Comptec kompaniyasiga qarashli bo‘lgan.

• 2013-yilda Yandeks Rossiyadagi qidiruv tizimlari orasida birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘rinni esa Xitoy kompaniyasi PC Baidu egallagan.

• 2012-yilda Yandeks barcha yetakchi telekanallarni, hatto auditoriya yig‘ish bo‘yicha “Perviy“ kanalni ham ortda qoldirdi.

• Agar statiskalarga qarasak, erkaklar ayollarga qaraganda ko‘proq so‘rovlar amalga oshiradi, ammo ayollar ularni uzoqroq bajaradilar.

• Yandeks’da morfologiyasini hisobga olgan holda 9 tilda qidiruv amalga oshirish mumkin: rus, ingliz, belarus, tatar, ukrain, nemis, turk, fransuz va qozoq.

• Yandeks 83 xil xizmatlarni o‘z ichiga oladi. Hammaga tanish bo‘lgan Яндекс.Карт va Яндекс.Почты'dan tortib Яндекс.Время va Яндекс.Статистика'gacha. Shuningdek, Авто.ру xizmati ham Яндексу.Редактор Viladimir Vorobyovga tegishli.

O‘QING: "Okay, Google: Menga o‘zing haqingda gapirib ber!"

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!