Yandeks korporativ foydalanuvchilar uchun yangi messenjer chiqaradi

Yandeks korporativ foydalanuvchilar uchun yangi messenjer chiqaradi

Rossiyaning Yandeks kompaniyasi tez kunda korporativ foydalanuvchilar o‘rtasida muloqotni yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladigan “Konnekt” nomli platformani taqdim etadi, deb yozmoqda Izvestiya nashri.

“Yandeks.Konnekt” veb sayt va personal kompyuterlarga chiqarilgan ilovani o‘zaro birlashtiradi. Tizim kompaniya doirasida muloqotni bo‘limlar yoki mavzular bo‘yicha taqsimlashga ko‘maklashadi. Shuningdek, yozishmalar yuritish va o‘zaro fayl almashishga imkoniyat beradi.

Bundan tashqari, mazkur platforma loyihasi asosida Android va iOS dasturlariga mo‘ljallangan “Yamb” nomli mobil ilova ham yaratiladi. Ushbu kliyent faqatgina “Yandeks.Konnekt” platformasiga bog‘langandagina faoliyat yuritishi mumkin bo‘ladi. Albatta, platforma Yandeksning boshqa servislari bilan faol integratsiyalanadi. Ularga “Pochta”, “Disk” bulutli xotirasi, “Kalendar” va “Kontaktlar”ni misol qilish mumkin.

Hozircha “Yandeks.Konnekt” platformasi va “Yamb” ilovasining taqdimot sanasiga aniqlik kiritilmagan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!