Yandeks Moskva ko‘chalariga haydovchisiz mashinalarni chiqaradi

  •   Saroy
  •  454
  •  18.07.2018 16:26

Yandeks Moskva ko‘chalariga haydovchisiz mashinalarni chiqaradi

Yandeks kompaniyasi va Moskva shahri hokimiyati o‘rtasida poytaxt ko‘chalarida haydovchisiz transportni joriy qilish va rivojlantirish bo‘yicha bitim imzolandi. Bu haqda Moskva urbanizatsiya (Moscow Urban Forum 2018) anjumani doirasida ma’lum qilindi.

Loyihada shuningdek, Avtomobillar va avtomotor ilmiy-tadqiqot instituti NAMI, GAZ va KamAZ guruhi ishtirok etmoqda. Bitim yana uzaytirish sharti bilan 5 yil muddatga imzolangan.

O‘QING:Yandeks intellektual yordamchisi iPhone egalarini haqorat qildi

Mazkur kompaniya Moskva shahrida barcha turdagi yo‘lovchi transport vositalarida haydovchisiz boshqaruv texnologiyasini tatbiq etishni, telematik transport va intellektual aavtomobil tizimi hamda ularga ko‘rsatiladigan xizmatni rivojlantirishni mo‘ljallamoqda hamda shular asosida haydovchisiz transportdan foydalanganda kiberxavfsizlik bilan bog‘liq yechimlarni ishlab chiqish va joriy qilish, zaruriy normativ va huquqiy hujjatlarni hamda texnikaviy bazalarini shakllantirish ham ko‘zda tutilgan.

O‘QING:Yandeks.Taksi Moskvadan Qozongacha haydovchisiz o‘zi bordi

Xabarda aytilishicha, haydovchisiz transport vositasini ishlab chiqarishda asosan Rossiya texnologiyalaridan ko‘proq foydalaniladi. Haydovchisiz transportni Moskvada joriy etishning asosi etib intellektual transport tizimi (ITS) xizmat qiladi.  Svetoforlar, kameralar, detektorlar, shahar transportlaridagi trekerlar, bularning barchasi uchun «Internet vositalari» texnologiyalaridan foydalanish va avtomobilning intellektual tizimi bilan mufoviq ravishda harakat qilish ko‘zda tutilgan. Bu transportga Moskva shahar ko‘chalarida haydovchi yordamisiz yura olishiga imkon beradi.

Hozirgi paytda ITS  onlayn rejimda shahar yer ustida 10 mingta transport vositasini nazorat qiladi, shuningdek, 118  mingta taksining harakatiga, 7,5 mingdan ziyod karshering avtomobiliga va Moskvadagi GLONASS bilan jihozlangan barcha avtomobillarga xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Barcha  ma’lumotlarni  Vaziyatlar markazi (SODD) dan olish mumkin bo‘ladi, bu yerga har kuni 350 millionta ma’lumotlar paketi kelib tushadi.

O‘QING:Yandeks.Brauzer eski kompyuterlarga ham moslashtirildi

Yandeks o‘zi ishlab chiqargan haydovchisiz taksini ilk bor 2017 yil kuzda namoyish qilgandi. Dastlabki sinov Moskvada Yandeks idorasi yaqinida yopiq hududda amalga oshirildi. O‘shanda haydovchisiz mashina  o‘ziga yuklatilgan vazifani muvaffaqiyatli bajargan edi. Ushbu mashinalar NAMI instituti bilan hamkorlikda Toyota Prius bazasida yaratilgan. 2018 yilning fevral oyida esa mashina qish sharoitida Moskva ko‘chalarida sinovdan o‘tdi. Iyun oyida mazkur mashina ilk bor uzoq safarga chiqdi. Safar Moskvadan Qozongacha bo‘lgan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!