Yangi 360 N7 Pro: 360 Mobiles o‘zining premium-smartfonini namoyish qildi

  •   Saroy
  •  995
  •  22.08.2018 14:03

Yangi 360 N7 Pro: 360 Mobiles o‘zining premium-smartfonini namoyish qildi

360 Mobiles kompaniyasi o‘zining arzon 360 N7 Lite’idan tashqari, yana 360 N7 Pro premium-smartfonini ham namoyish qildi. U to‘rtta kameraga ega.

360 N7 Pro korpusining qalinligi 7,7 mm. Apparat  metall rom va 5,99 dyuymli keng formatli Full HD+ ekrani bilan ta’minlangan. Ekran old panelning  86 foizini egallagan. Smartfon oldidan ham, orqadan ham toblangan shisha bilan himoyalangan. Asosiy qo‘sh kamera F/1,8 difragmali 12 va 2 Mp bo‘lgan tasvir datchiklariga, ikkitalik old kamera ham 16 va 2 Mp moduliga ega. Barcha to‘rt kamera ham sun’iy intellekt bilan birgalikda ishlaydi.

O‘QING:Samsung "Galaxy F" smartfon turkumini joriy qiladi

360 N7 Pro Qualcomm Snapdragon 710 protsessori bilan ta’minlangan. Tezkor xotirasi 6 gigabayt, ichki xotirasi esa  64 yoki 128 gigabayt. Apparatda  4000 mAch sig‘imiga ega batareya mavjud, uning tezkor quvvat berish texnologiyasi ham bor. Ishlab chiqaruvchining ma’lum qilishicha, 20 daqiqada  akkumulyator 30 foizga quvvat oladi. To‘liq quvvat olish uchun esa 100 daqiqa kerak bo‘ladi.

O‘QING:Xiaomi Pocophone F1 taqdimotidan avval savdoga qo‘yildi – «jonli» suratlar, to‘liq xususiyatlari va narxi bilan tanishing!

360 N7 Pro smartfoni asosiy versiyada 290 dollar turadi. Qimmat varianti uchun esa  335 dollar so‘ralmoqda. Yangi qurilmaning ilk partiyasi internetda ertadan boshlab paydo bo‘ladi. Xitoy bozorida apparat 28 avgustdan sotila boshlaydi. Jahon bozoriga chiqish sanasi esa hozircha noma’lum. 360 N7 Pro’ga raqobatchi sifatida Xiaomi Mi 8 SE aytilmoqda.

O‘QING:Barcha Nokia smartfonlari egalari uchun ajoyib syurpriz bor!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.