Yangi Android N qanday ko‘rinishda bo‘ladi: gap-so‘zlar va suratlar

Yangi Android N qanday ko‘rinishda bo‘ladi: gap-so‘zlar va suratlar

Yangi talqindagi Android N operatsion sistemasi taqdimoti 2016 yilning 18-20 may kunlari bo‘lib o‘tadigan Google I/O 2016 marosimida tashkillashtirilishiga qaramasdan, internetda kelgusidagi o‘zgarishlar to‘g‘risida ayrim ma’lumotlar paydo bo‘lib ulgurdi. Axborotlarning tarqalishiga birinchi navbatda Google`ning o‘zi va kompaniya tomonidan e’lon qilingan Google Maps haqidagi video sabab bo‘ldi. Videorolikda Nexus 6P smartfoni tasvirlangan bo‘lib, unda alohida ilovalar menyusi mavjud emas:

Ehtimol kompaniya chindan ham menyudan voz kechmoqchidir. Zero ko‘pchilik ishlab chiqaruvchilar, avval Xitoy kompaniyalari uning o‘rniga o‘zining dasturiy qoplamasi (interfeysi)ni o‘rnatgan (masalan, Xiaomi smartfonlarida iPhone`lar kabi “menyu” tugmachasi mavjud emas). Ehtimol Lenovo`da bo‘lganidek mazkur rejimlar o‘rnini almashtirish imkoni bo‘lar. Biroq bu shunchaki OSning sistematik tasviri bo‘lib, haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi ham ehtimoldan yiroq emas.

Yana bir qo‘shimcha ma’lumotni Android Police manbasi e’lon qildi. Uning xabariga ko‘ra, jurnalistlar yangi Android N operatsiyaon sistemasini ko‘rishgan, biroq ularga skrinshotlarni chop etish taqiqlangan. Shu bois manbaning o‘zi taxminiy suratlarni ishlab chiqdi. Chapda Android 6.0 Marshmallow, o‘ngda — Android N. Ko‘rinib turibdiki, ogohlantirishlar paneli bir-biridan farq qiladi. U aniqroq, ixchamroq:

Tezkor sozlamalar menyusi ham o‘zgargan, eng pastki qismdagi “darpardacha” MIUI dasturiy qoplamasidek varaqlanuvchi ikki qismdan tashkil topgan:

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.