Yangi avlod simsiz interneti qaysi nom bilan ataladi

  •   Saroy
  •  886
  •  04.10.2018 12:35

Yangi avlod simsiz interneti qaysi nom bilan ataladi

Aslida  Wi-Fi tarmog‘ining hammasi ham bir xil emas va qurilmangiz simsiz tarmoqning aynan qaysi avlodidan foydalanishini  ham tushinib olish mushkul masala. Masalan, 802.11n 802.11ac’dan ilgarilab ketganini bilasizmi? Xabardor bo‘lmaganlar uchun  Wi-Fi Alliance tashkiloti vaziyatni sezilarli darajada soddalashtirishni mo‘ljallamoqda. Buning uchun keyingi WiFi — 802.11ax versiyasiga oddiy va tushinarli  «WiFi 6» nomini bermoqchi.

Yangicha yondoshuv ishlab chiqaruvchilarga, operatorlarga va foydalanuvchilarga bozorga moslashishi va qurilmalaridagi Wi-Fi’ning tarli imkoniyatlarini darhol bilib olishiga yordam berish uchun ishlab chiqildi. Kompaniyalarga mahsulotini reklama qilish soddalashadi, iste’molchilar esa  gadjeti qay darajada eskirganini va almashtirish vaqti qachon kelishini tushunib yetadi.

O‘QING:Wi-Fi tarmog‘iga QR-kod orqali ulanish

Kelgusi avlod tarmog‘i uchun nom qo‘yishdan tashqari, bugun 802.11n tarmog‘i uchun «WiFi 4»,  802.11ac uchun «WiFi 5» nomi taqdim etildi. Garchi, ushbu terminologiya  rasmiy regulyator tomonidan rasman qo‘llanilmasada. Wi-Fi Alliance yangi tizim Wi-Fi ekotizimi tomonidan iliq qarshi olinishidan  umid qilmoqda. Zero bu anchayin oddiy, demak zo‘r, hech bo‘lmaganda hozircha.

O‘QING:Bepul Wi-Fi nimasi bilan xavfli?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!