Yangi flagmanlar kushandasi – OnePlus 3T sotuvga chiqarildi

Yangi flagmanlar kushandasi – OnePlus 3T sotuvga chiqarildi

Xitoyning OnePlus kompaniyasi OnePlus 3T smartfonining sotuvlarini boshladi. Avval xabar berganimizdek, mazkur flagmanning taqdimoti 15 noyabrda bo‘lib o‘tishi kerak edi.

Ferra caytining ma’lum qilishicha,  OnePlus 3T joriy yilning iyun oyida global namoyishi o‘tkazilgan OnePlus 3 modelining kuchaytirilgan versiyasi hisoblanadi. Misol uchun, OnePlus 3T kuchli protsessor, yanada yirikroq sig‘imli batareya va 16 MPgacha oshirilgan selfi kamera bilan jihozlangan.

Model bugundan boshlab AQSh va Kanadada, 28 noyabrda esa Yevropa davlatlari va Gongkongda sotuvga chiqariladi.

OnePlus 3T 5,5 dyuymli Full HD aniqligidagi Optic AMOLED displey, (2.5D-shishali Corning Gorilla Glass 4 bilan), 16 MPli diafragmasi f/2.0 bo‘lgan asosiy Sony IMX298 sensor, 16 MPli old va barmoq izi skaneri bilan ta’minlangan. U sig‘imi 3400 mA/st bo‘lgan  Dash Charge tezkor zaryadlash texnologiyasiga ega batareyadan quvvatlanadi.

Qurilma Qualcomm Snapdragon 821 protsessorida ishlaydi, unga 6 GB tezkor va 64/128 GB doimiy xotira o‘rnatilgan. Operatsion tizimi –   Android 6.0.1 Marshmallow asosidagi Oxygen OS.

OnePlus 3T narxi 64 GBli versiya uchun AQShda 439 dollarni tashkil etadi. 128 GBli versiya esa 479 dollarga taklif qilinadi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.