Yangi Galaxy'larning Yevropa uchun narxlari bilan tanishing

Yangi Galaxy'larning Yevropa uchun narxlari bilan tanishing

Bir necha kun oldin insayderlar Galaxy S20 lineykasidagi Samsung smartfonlarining AQShdagi rasmiy narxlarini taxmin qilgan edi. O‘shanda, bazaviy versiya soliqlarsiz, 1000 dollardan boshlanishini taxminan aytilgandi.

Endi Yevropa bozoridagi narxlar paydo bo‘ldi. Shunday qilib, soliqlar bilan qo‘shib hisoblaganda Galaxy S20'larning narxlari quyidagicha:

• Galaxy S20, 8GB operativ xotirali — 900/910 yevro (mamalakatga qarab)
• Galaxy S20 5G, 12GB operativ xotirali — 1000/1010 yevro
• Galaxy S20+, 8GB operativ xotirali — 1000/1010 yevro
• Galaxy S20+ 5G, 12GB operativ xotirali — 1100/1110 yevro
• Galaxy S20 Ultra 5G, 12GB operativ xotirali — 1350/1360 yevro
• Galaxy S20 Ultra 5G, 16GB operativ xotirali — 1550/1560 yevro

O‘QING: Galaxy Z Flip hamda Galaxy S20’lar haqida qiziq xabar: Samsung’dan buni hech kim kutmagan edi! (+video)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!