Yangi iPhone’ning nimalari raqiblaridan olingan?

  •   DiMaX
  •  1405
  •  24.08.2017 14:06

Yangi iPhone’ning nimalari raqiblaridan olingan?

Apple’ning orziqib kutilayotgan yubiley smartfoni bu tizimdagi eng asosiy yangilanish bo‘lishi va’da qilinmoqda. Ammo uning ayrim xususiyatlari baribir oldingi avlodga mansub boshqa modellardan va hatto Android boshqaruvi ostidagi smartfonlardan olingan. AndroidInsider sayti o‘zining bir maqolasida shularga to‘xtalib o‘tgan.

To‘liq ekranli dizayn

Aynan mana shu yangilik – «Olma» ishqibozlari ko‘pdan beri sabrsizlik bilan kutayotgan iPhone 8’ning asosiy farqlovchi xususiyatidir. Ammo bu dizayn Kupertino dizaynerlarining o‘z ishlanmasi emasligini ham tan olish kerak. Bunday ekranli qurilmalar ishlab chiqarishni ilk bor ularning asosiy raqibi – Samsung bundan yarim yil avval, Galaxy S8 flagmani bilan boshlab bergan edi.

Organik displey

Apple o‘zining navbatdagi smartfoniga o‘rnatmoqchi bo‘layotgan OLED, yoki «organik» displeyni ham shu paytgacha bir necha ishlab chiqaruvchilar o‘z qurilmalarida samarali qo‘llab kelishayotir. OLED yoki AMOLED-ekranli eng ommabop smartfonlarni bugungi kunda asosan Samsung, Motorola, OnePlus, va Xiaomi ishlab chiqarmoqda.

Simsiz quvvatlash

Energiyani masofadan uzatishning induksiyaga asoslangan innovatsion usuli ham Apple yubiley smartfonining asosiy xususiyatlaridan biridir. Korporatsiyaning Apple Watch soati ham, shuningdek, raqobatchi smartfonsozlarning ayrim devayslari ham xuddi shu usulda quvvatga to‘ldiriladi. Simsiz quvvatlash modulini smartfonga integratsiyalagan ilk ishlab chiqaruvchi esa Palm kompaniyasi edi.

«Uyga» tugmachasining virtual bo‘lishi

Uning paydo bo‘lishi haqidagi xabarlar iOS 11’ning yettinchi beta-versiyasi bilan chiqqan edi. Garchi moddiy «Uyga» tugmachasi o‘n yil mobaynida iOS boshqaruvi ostidagi barcha gadjetlar uchun ramzga aylanib qolgan esa-da, Apple endi foydalanuvchining tizim bilan o‘zaro aloqasini usiz ham oddiy va qulay shaklini taklif etmoqda. Faqat bu usul iPhone uchungina yangilik ekanini ta’kidlab ketmasak bo‘lmas. Bungacha esa Google, Samsung va Essential ham o‘z smartfonlarida virtual «Uyga» tugmachasini qo‘llashgan.

Asosiy kamera modulining vertikal joylashuvi

 Yangi smartfonning tashqi ko‘rinishidagi ko‘zga tashlanuvchi yana bir muhim jihati – bosh kamera modullarining tikka joylashtirilganligidir. Aytishlaricha, buning asosiy sababi ARKit jihozlar to‘plami bo‘lib, uning to‘laqonli ishlashi uchun ob’yektivlari vertikal joylashishi kerak bo‘ladi. Qizig‘i – mazkur xususiyat bungacha ham Lenovo kompaniyasi tomonidan qo‘llangan. Uning Project Tango platformasi bilan uyg‘unlikda ishlangan Phab 2 Pro fableti kamerasida modullar ustma-ust joylangan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!