Yangi startapdan foydalanib matnni 3 o‘lchamli tasvirga aylantirsa bo‘ladi

Yangi startapdan foydalanib matnni 3 o‘lchamli tasvirga aylantirsa bo‘ladi

Startap nomi WordsEye. Bu faqat ko‘ngil ochish va ovunchoq maqsadida yaratilmagan. Startap mualliflari, avval uch o‘lchamli modellashtirishni faqat mutaxassislar bajargan bo‘lsa, endi hammaning qo‘lidan kelishini aytishmoqda.

Servisga “tog‘lar manzarasida gilamcha ustida turgan it” ta’rifini kiritsangiz, bir onda uch o‘lchamli tasvirni yaratadi. To‘g‘ri, dastur test rejimida ishlayotgani uchun tasvir qirrador, yirik teksturali ko‘rinishda namoyon bo‘ladi.

Kuzatuvchilar bu startap tibbiyot, multiplikatsiya, injenerlik singari sohalarda asqotishini bildirmoqda.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!