Yangi til o‘rganishda qiynalyapsizmi? Muammo hal!

Yangi til o‘rganishda qiynalyapsizmi? Muammo hal!

Hammamizga ma’lum, til o‘rganishda ahamiyat qaratish kerak bo‘lgan eng muhim jihatlardan biri yangi so‘zlarni o‘rganish va ularni doimiy ravishda takrorlab borishdir.

Zamonaviy texnologiylar boshqa ko‘plab jabhalarda qulaylik yaratgani singari til o‘rganish jarayonini ham bir qadar osonlashtirdi. Hozirda internetdan turli ilovalarni yuklab olib, istalgan tilni o‘rganish mumkin. Ammo hamma ilova ham sifatli emas. Biz sizga quyida tanishtirmoqchi bo‘lgan ilova esa, aksincha, juda sifatli, ishlatishga qulay va maroqlidir.

WordTheme ilovasini o‘z qurilmangizga yuklab olish bilan sizning til o‘rganish amaliyotingiz ancha osonlashadi. Ushbu dastur o‘z lug‘atingizni qurish va ularni takrorlab borish uchun mo‘ljallangan. Ya’ni aytaylik, ingliz tilini o‘rganmoqchisiz. WordTheme'ni yuklab olib, yangi o‘rgangan so‘zlariningizni va ularning izohi/tarjimasini ilovaga kiritasiz va istalgan payt yangi leksikalarni takrorlab borishingiz mumkin bo‘ladi.

Ilovadan mutlaqo bepul foydalanish imkoni mavjud, ammo uning pro verisyasini Play Store'dan atigi 3.39 dollarga sotib olib, dasturdan reklamalarsiz ishlatsangi bo‘ladi (va yana boshqa funksiyalarga ham, albatta).

Dasturni ishga tushirganingizda asosiy oynaning pastki tomonida «Mavzu qo‘shish», «Takrorlash o‘yinlari» va «So‘z qo‘shish» tugmalarini ko‘rasiz. Agar so‘zlarni mavzularga bo‘lib o‘rganmoqchi bo‘lsangiz, «Mavzu qo‘shish» tugmasi yordamida yangi mavzu yaratib, uning ichiga o‘rgangan so‘zlaringizni kiritib qo‘ysangiz bo‘ladi. So‘z yaratishda esa o‘rganilayotgan tildagi so‘z, uning izohi/tarjimasi va boshqa tafsilotlarni ham kiritishingiz mumkin. Boshqa tafsilotlar deganda so‘zning qaysi turkumga mansubligi, rasmiy yoki norasmiy nutqda ishlatilishi, u bilan birga keluvchi boshqa so‘zlar, sinonim-antonimlar hamda so‘zni izohlovchi rasmni nazarda tutdik.

O‘rgangan so‘zlaringizni ilovada saqlaganingizdan so‘ng, ularni mustahkamlash uchun turli o‘yinlar o‘ynasangiz ham bo‘ladi. Masalan, flesh-kartalar, so‘z tarjimasini topish, imlo o‘yinlari va eshitib yozish kabilar. Ilovaga SuperMemo 2 algoritmi integratsiyalashtirilgan bo‘lib, bu eslab qolishga qiynalayotgan so‘zlaringizni ko‘proq takrorlash, siz uchun osonroq bo‘lgan jumlalarni esa kamroq takrorlash imkonini yaratadi. Bundan tashqari, o‘yinlar o‘ynagangizdan so‘ng, ma’lum bir so‘zni necha foiz o‘rganganigiz ham ko‘rinib turadi.

WordTheme'ning qulaylik tomonlaridan yana biri shuki, ilovada bir necha lug‘at yaratishingiz mumkin. Ya’ni, masalan, bir vaqtning o‘zida ham ingliz, ham nemis tilini o‘rganayotgan bo‘lsangiz, har ikki til uchun alohida lug‘at yaratib olish mumkin.

Dasturning boshqa bir qulayligi shundaki, yaratgan lug‘atlaringizni Googel Drive bilan sinxronlashtirish imkoni mavjud. Bunda agar bexosdan dasturdagi barcha ma’lumotlar o‘chib ketsa ham, sizning ma’lumotlaringiz bulutda mavjud bo‘ladi va ularni yana osonlik bilan yuklab olish mumkin. Shuningdek, yaratgan lug‘atingizni do‘stlar bilan ulashish funskiyasi ham bor.

Ilovaning pullik versiyasida esa so‘zlarni ranglarga ko‘ra guruhlash imkoni mavjud.

Bir so‘z bilan aytganda, WordTheme dasturi til o‘rganish uchun haqiqiy zo‘r quroldir. Ilova til o‘rganishingizda sizga chinakam ko‘makchi bo‘lib xizmat qiladi.

O‘QING: Ingliz tilini o‘rganish uchun 15 ta eng yaxshi ilova

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.