Yangi turdagi virus hatto smartfonni portlatishga qodir!

  •   DiMaX
  •  1880
  •  20.12.2017 17:40

Yangi turdagi virus hatto smartfonni portlatishga qodir!

«Kasperskiy laboratoriyasi» mutaxassislari mobil troyan dasturlari orasida haqiqiy «terminator»ni payqab qolishdi. Loapi deb nomlangan bu virus tizimga va qurilmaga zarar keltiruvchi harakatlarning har xil turlarini amalga oshira oladi.

O‘QING: Kiber-viruslardan himoyalanish uchun 4 tavsiya

Loapi dasturi reklama kampaniyasi yordamida tarqatilyapti – bu reklamalarda uni maxsus saytdan ko‘chirib olish taklif etiladi. Bunaqa resurslardan hozirgacha yigirmaga yaqini aniqlangan bo‘lib, bu saytlar antivirus dasturlari ko‘rinishida, shuningdek «katta yoshlilarga mo‘ljallangan» sayt tarzida niqoblangan. U yerdan ko‘chirib olinadigan troyan virusi esa mobil qurilmani himoyalovchi yoki kattalarga mo‘ljallangan ilova niqobida bo‘ladi.

O‘QING: Troyan-virus bir millionga yaqin Android smartfonga zarar yetkazdi

Qurilmagan o‘rnatilganidan keyin Loapi ma’mur huquqini talab etadi, buni rad etishning iloji ham bo‘lmaydi – virus shunchaki boshqa opsiyani tanlashga imkon qoldirmaydi.

Ma’mur huquqini qo‘lga kiritgan virus keyin o‘z modullarini faollashtira boshlaydi. Loapi modullari amalga oshiradigan hujumlar shu qadar ko‘p va xilma-xilki, natijada smartfon yoki planshet boshqaruvini u to‘lig‘icha o‘z qo‘liga oladi. Agarda gadjetning egasi Loapi ilovasidan ma’mur huquqini olib qo‘yishga urinsa, u sozlamalar oynasini yopadi va qurilma ekranini bloklaydi.

Bulardan tashqari, Loapi smartfondagi antiviruslarni izlab topadi va ularni o‘chirib tashlashni talab etadi. Mazkur troyan o‘chirib tashlash talabini qayta-qayta ekranga chiqaraveradi va oxiri foydalanuvchi bezor bo‘lib, antivirusni o‘chirib tashlaydi.

O‘QING: Android uchun bepul antiviruslar

Va nihoyat, eng xavflisiga navbat keldi. Mutaxassislarning aniqlashlaricha, Loapi’ning trafikni sarflovchi va boshqa modullari smartfon resurslarini va quvvatini shu qadar ko‘p va tinimsiz sarflaydiki, natijada tizimning ishlashi og‘irlashib qoladi va ikki kunda akkumulyator shishib, portlab ketishi mumkin.

Ayni damgacha «Kasperskiy laboratoriyasi» mutaxassislari Loapi virusining hujumi bo‘yicha 45 mingdan oshiq holatlarni aniqlagan. Siz ham bu troyanning qurboniga aylanmaslik uchun, ehtiyot choralarini ko‘rib borishingiz tavsiya etiladi.

O‘QING: Android-smartfonni viruslardan himoyalaymiz

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!