Yangi Vivo Z1i: tavsifi ham, narxi ham ma’lum

  •   Saroy
  •  2883
  •  02.07.2018 14:32

Yangi Vivo Z1i: tavsifi ham, narxi ham ma’lum

May oyida Vivo kompaniyasi Vivo Z1 smartfonini namoyish qilgandi. Endi esa, kompaniya o‘zining oddiyroq modelini taqdim etmoqda. Yangi apparat Vivo Z1i, deb ataladigan bo‘ldi.

Vivo Z1i kengformatli, qirqmali, 6,26 dyuymli ekran bilan ta’minlangan bo‘lib, u  2280 ga 1080 pikselli bo‘ladi. Apparatning asosini  Adreno 509 grafikali Snapdragon 636 tashkil etgan. U 4 gigabaytli tezkor xotiraga hamda 128 gigabaytli ichki xotiraga ega bo‘ladi. Xotirasi 256 gigabayt bo‘lgan karta uchun slot ham bor.  Asosiy qo‘sh kamerasining moduli 13 ga 2 Mp. Old kamerasi 16 Mp bo‘lgan tasvir datchigi bilan ta’minlangan. Orqa qopqog‘ida barmoq izlari skaneri joylashgan. Shuningdek, LTE, GPS/GLONASS, Bluetooth i Wi-Fi modullari ham bor. Batareyasining sig‘imi 3260 mAch.

O‘QING: Vivo bir yo‘la ikkita smartfonni namoyish qildi

Yangi Vivo Z1i allaqachon Xitoy bozorlarida sotilmoqda. Qurilma qizil, qora va tillarangda taqdim etilmoqda. Smartfonning narxi  286 AQSh dollari, ya’ni akasi Vivo Z1’dan qimmatroq, akasi sotuvga start olganda 281 dollar edi, keyinroq narxi tushib ketdi va hozir 240 dollar turadi.

To‘g‘risini aytganda, yangi qurilmani o‘rtacha tavsifi va narxi bilan  iPhone X’ning navbatdagi nusxasi  desa ham bo‘ladi. Uning yangi raqobatchilari sifatida  Xiaomi Redmi Note 5  va  Neizu E3 modellarini aytish mumkin.

O‘QING: Vivo dunyodagi eng innovatsion smartfonning yangilangan versiyasini tayyorlamoqda

 

 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!