Yangicha sovutish tizimiga ega bo‘lgan o‘yinbop smartfon taqdim etildi

Yangicha sovutish tizimiga ega bo‘lgan o‘yinbop smartfon taqdim etildi

Asus kompaniyasi nihoyat ROG Phone 6D va 6D Ultimate modellarini taqdim etdi. Dimensity chipi bilan jihozlangan ushbu ikki qurilma ROG Phone 6 va 6 Pro modellari bilan bitta seriyani tashkil qiladi 

Chipning maksimal kuchidan foydalanish uchun Asus yangicha sovutish tizimini yaratdi. Ikki smartfon Dimensity 9000+ chipi bilan jihozlangan. Ular xotira hajmi bo‘yicha farq qiladi, ya’ni oddiy model 16/256GB gacha xotiraga ega bo‘lsa, Ultimate modellining maksimal xotira hajmi 16/512GB bo‘ladi. 

Ikki qurilma HDR10+ imkoniyatiga ega bo‘lgan 6.78 dyuymli OLED displeyi bilan jihozlangan. Displey 165 gerts yangilanish chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu jihatdan ikki smartfon ROG Phone 6 va 6 Pro modellaridan farq qilmaydi. 

Kamera texnik ko‘rsatkichlari ham o‘zgarmagan. Yangi smartfonlarga 50MP asosiy, 13MP ultrakeng, 5MP makro hamda 12MP selfi kameralar o‘rnatilgan. Akkumulyator hajmi ham o‘zgarmagan - 6,000 mAs. Uni 65 vatt tezlikda quvvatlash mumkin. 

Ikkala qurilmaning dizaynida ham sezilarli o‘zgarishlar kuzatilmagan. 6D Ultimate modellining orqa paneliga ROG Vision PMOLED displeyi o‘rnatilgan bo‘lsa, standard model RGB LED chiroqlari bilan yoritilgan ROG logotipiga ega. 

ROG Phone 6 va 6 Pro uchun yaratilgan aksessuar yangi qurilmalarga ham mos keladi. ROG Phone 6D Ultimate modelining orqa panelida noyob AeroActive portali joylashgan. 

Maxsus buklanuvchi mexanizmi bilan AeroActive portali ichki komponentlarga to‘gridan-to‘gri yo‘l ochib beradi. AeroActive Cooler 6 sovutish aksessuari ulanganda portal avtomatik ravishda havo yo‘lini ochadi. Bu esa o‘z navbatida parrakka issiqlikni yaxshiroq tarqatib, qurilma unumdorligini saqlab qolishga yordam beradi. 

Kompaniya ikki qurilmani faqat kularnag rangda taqdim etdi. Angliyada ROG Phone 6D modelining narxi 799 funt, 6D Ultimate modelining narxi esa 1199 funtdan boshladi. AeroActive Cooler 6 aksessuarining narxi esa 89 yevroni tashkil qiladi. 

O‘QING: Barcha iPhone 15 smartfonlari dinamik orolga ega bo‘ladi 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!