Yangilanishdan so‘ng Samsung Galaxy A50'da muammo yuzaga keldi

Yangilanishdan so‘ng Samsung Galaxy A50'da muammo yuzaga keldi

Samsung'ning Galaxy A50 smartfoni juda muvaffaqiyatli chiqib, butun dunyo bo‘ylab katta raqamlarda sotilib kelmoqda. Biroq qurilmaga kelgan eng so‘nggi tizim yangilanishidan so‘ng barmoq izini skanerlashda muammo yuzaga kela boshladi.

Chastota kengligi versiyasi A505FNXXS3ASK9 va A505FDDS3ASK8 bo‘lgan Galaxy A50 foydalanuvchilari yangi barmoqni ro‘yxatdan o‘tkaza olmayotganini ta’kidlamoqda.

Bu ikki yangilanish, aslida, barmoq izini o‘qish jarayonini yaxshilashga qaratilgan va hattoki, funksiyaning takomillashgan xususiyatlaridan bahramand bo‘lish uchun foydalanuvchilarga barmoq izini qayta skaner qilishni tavsiya qilgan edi.Ba’zi foydalanuvchilarda 41% dan so‘ng, ro‘yxatga olish jarayoni to‘satdan to‘xtab, barmoq izi sensori hududini tozalash tavsiya qilinmoqda. Boshqalarda esa butun jarayon yakunlanganidan so‘ng, yangi barmoq izi ma’lumotlari rad etilmoqda.

Oldindan skanerlangan ma’lumotlar risoladagidek ishlamoqda, shuning uchun ushbu xatolik tuzatilgunga qadar avvalgi barmoq izlaridan foydalanib turish tavsiya etiladi. Kompaniya tez orada xatolikni butunlay tuzatuvchi boshqa bir tizim yangilanishi jo‘natishi kerak.

O‘QING: Samsung Xiaomi'dan "o‘g‘irlasa" qanday bo‘ladi?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!