Yangilaridan yaxshi 2 eski smartfon modeli

Yangilaridan yaxshi 2 eski smartfon modeli

Smartfon nomi yonidagi raqam qanchalik katta bo‘lsa, mobil aloqa vositasining imkoniyatlari ham shunchalik yaxshi bo‘ladi, deb o‘ylaymiz. Misol uchun, iPhone 12 bugun bizni hayratga solgan iPhone X modelidan ancha kuchli bo‘lishi tabiiy. Biroq shunday holatlar bo‘ladiki, eski smartfonlar ham ayrim jihatlari bilan yangilaridan yaxshi bo‘ladi.

Xiaomi Redmi 3 — Redmi 4

Nisbatan yangi va qimmatroq Redmi 4 yoki nisbatan arzon hamda eskiroq Redmi 3 xarid qilish chog‘ida hamma ham aqvvalgi modelning afzalliklariga diqqat qilmaydi.

Birinchi navbatda "3" va "4" avlod hamyonbop smartfonlarining samaradorligi deyarli o‘zgarmagan (yangi modelda Snapdragon 615 protsessori bir oz ilg‘or video karta hisobiga oz-moz tezlashgan).

O‘qing: Meizu M6 Note: Yurtimizda yaxshi sotilayotgan ilg‘or hamyonbop smartfon!

Kameralar ham o‘zgarishsiz qolgan. Akkumulyator sig‘imida ham kichik o‘zgarish bor. Redmi 4, birinchi galda o‘zidagi barmoq izi skaneri bilan ajralib turadi. Biroq bu skaner hammaga zarur emas.


Sony Xperia Z5 Compact — Xperia X Compact

Ixcham smartfonlar ishqibozlari odatda pul masalasida tejamkor bo‘lishadi. Ular hayot zavqini smartfon displeyi bilan o‘lchamaydilar. Sony ham Apple kabi ixcham "aqlli telefon" ishlab chiqarishda ustasi farang.

Mini-flagman hisoblangan 4,6 dyuymli Sony Xperia Z5 Compact avvalgi modeldan kuchliroq protsessor, yaxshiroq kamera va qo‘shimcha barmoq izlari uchun kamerasi bilan ajralib turadi. 2015 yil uchun HD ekran va 2 GB operativ xotira yomon emas, Qualcomm Snapdragon 810 protsessori esa hozir uchun ham ahamiyatini yo‘qotmagan.

Sony kompaniyasi "Z" turkumini tugatib, "X" turkumini boshladi va bu turkumga mansub gajetlar iPhone SE bilan raqobatga kirishdilar. Xperia X Compact uchun tanlangan Snapdragon 820 "ajdodi"dan bir oz tezkor. Biroq uning kamerasi yaxshi surat olsa ham, 4K-video tasvirga olish jihatidan mahrum qilindi.

O‘qing: Sony Xperia Z5 Compact – jajjilar toifasidagi kuchli smartfon

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!