Yapon kompaniyasi eng ingichka Windows-smartfonni namoyish etdi

Yapon kompaniyasi eng ingichka Windows-smartfonni namoyish etdi

Yaponiyaning Yamada Denki kompaniyasi ishlab chiqarayotgan Windows 10 Mobile operatsion tizimi asosidagi Every Phone smartfoni haqida jamoatchilikka xabar berdi. GSMArena`ning yozishicha, mazkur qurilma nafaqat yangi operatsion tizimi, balki kichik o‘lchami bilan ham boshqalardan farq qiladi.

Every Phone`ning korpusi o‘lchami 6,9 mm bo‘lib, bu mobil Windows boshqaruvi ostidagi eng yupqa smartfondir.

Texnik tavsifi
Apparat ko‘rsatish qobiliyati 1280x720 piksel bo‘lgan 5,5-dyuym displey, 1,2 GGs takt chastotali to‘rtyadroli Qualcomm Snapdragon 410 bilan ta’minlangan. Shuningdek, unda 2 GB tezkor va 32 GB doimiy xotira mavjud. Asosiy kamera 13-megapiksel bo‘lsa, 5-megapiksel frontal kamera. Akkumulyator quvvati 2600 mAs.

Every Phone to‘rtinchi avlo tarmog‘ida ishlay oladi. Unga Wi-Fi 802.11 b/g/n va Bluetooth 4.0 o‘rnatilgan. Qurilmaning og‘irligi 138 gramm, uzunligi va qalinligi — 154,8 mm va 78,6 mm.

Narxi 
Yaponiyada Every Phone smartfoni 28 noyabrdan 39 800 yapon iyenasi narxida savdoga chiqarildi. Biroq kompaniya  yangi qurilma boshqa hududlarda qachon sotila boshlashi haqida hozircha ma’lum qilmagan.